Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


-BOSQICH. Baholash. Yakuniy bosqich


Download 4.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/181
Sana10.09.2023
Hajmi4.36 Mb.
#1675208
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   181
Bog'liq
Rekrutment Darslik

4-BOSQICH. Baholash. Yakuniy bosqich 
Ushbu bosqichda xodim va murabbiy faoliyati natijalari adaptatsiya 
davrida aniqlashtiriladi. Shu bilan birga, quyidagilarni o‘z ichiga olgan 
kompleks yondashuv qo‘llaniladi: 
• murabbiy va yangi xodimning birgalikdagi ishi natijalarini sarhisob 
qilish; 
• yangi xodimga anketa savollari berish; 


178 
• murabbiyning baholash varag'ini to‘ldirish. 
Ba'zi hollarda yangi xodimlar (tinglovchilar) uchun egallangan 
bilimlar darajasini, ishlash uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni o‘zlashtirish 
darajasini baholashga qaratilgan topshiriqlar yoki testlar berilishi mumkin. 
Moslashish muddati tugagandan so‘ng, xodim bo‘lim boshlig'i bilan 
suhbat (test sinovi) shaklida yakuniy attestatsiyaga taklif qilinadi. 
Attestatsiya komissiyasi moslashish jarayonini ham baholashi mumkin. 
Adaptatsiya natijalari shaxsiy moslashuv rejasida ko‘rsatilgan 
vazifalarga muvofiq testlarni va (yoki) suhbatlarni o‘z ichiga olgan nazorat 
tadbirlariga muvofiq belgilanadi. 
Adaptatsiya dasturi tugagan kundan boshlab uch ish kunidan 
kechiktirmay bo‘lim boshlig’i va (yoki) murabbiy xodimning sinovdan 
o‘tganidan keyingi natijalarini baholash varag'ini tayyorlaydi. Xodimning 
baholash varag'i imzolangan holda taqdim etilishi kerak. 
Agar murabbiylik davrida yangi xodim ishda yaxshi natijalarni 
ko‘rsatgan va attestatsiyadan (intervyu) muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsa, u 
adaptatsiya va sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan deb hisoblanadi va ishga 
qabul qilinadi. Bo‘lim boshlig'i unga mehnat munosabatlari davom etishi 
to‘g'risida xabar beradi. 
Agar xodim qoniqarsiz natijalarni ko‘rsatsa va attestatsiyadan 
(suhbatdan) o‘tmasa, u holda unga nisbatan yangi murabbiylik davri 
belgilanishi mumkin yoki u mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda 
ishdan bo‘shatilishi mumkin. 
Shaxsiy reja va moslashish dasturining bajarilish darajasiga ko‘ra 
murabbiyning faoliyati murabbiylik qilingan xodimning ishiga qarab 
baholanadi. 

Download 4.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling