Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
tashqi autpleysment - kompaniya
rekruting agentligidan ishdan bo'shatilayotgan xodimlarining bandligini ta’minlashga buyurtma beradi ichki autpleysment – personalning vositachilarsiz bandligini ta’minlashlar kabi turlarga ajratiladi 44 3-bosqich - nomzodni bozorda faol ravishda ilgari surish (rezyumeni to‘g'ridan-to‘g'ri ish beruvchilarga va etakchi rekrutment agentliklariga yuborish, nomzodning rezyumusini "faol ro‘yxat" ga kiritish; tizimli ravishda ma'lumot to‘plash asosida nomzodlarning korxonalar va ma'lumotlar bazalariga kirishini tashkil etish). Ta'kidlash joizki, buyurtmachi kompaniya raqobatdosh kompaniyalarni ishdan bo‘shatilgan xodimlar uchun potentsial ish beruvchilar ro‘yxatidan o‘chirish to‘g'risida provayder bilan kelishishi mumkin. 4-bosqich - nomzodni psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash (stressni engish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish bo‘yicha mashg'ulotlar). Bundan tashqari, autpleysment xizmatlari ishdan bo‘shatilgan xodimlarni qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborishni o‘z ichiga olishi mumkin. Autpleysmentning narxi uning turiga, xizmatlar paketiga bog'liq va ishdan bo‘shatilganlarning lavozimiga mutanosib ravishda hisoblab chiqiladi va yillik daromadning 10-20 foizini tashkil qilishi mumkin. Hozirgi vaqtda bitta xodim autpleysmenti o‘rtacha bozor narxi 7000 - 20 000 rubl. Shuni ta'kidlash kerakki, autpleysment kafolatli muddati 1 yildan oshmaydi (o‘rtacha 3-4 oy). Ushbu davrda ishdan bo‘shatilgan xodim ish qidirishga o‘rganib qoladi, o‘zini ishonchli tuta boshlaydi, bozor narxini munosib baholaydi. G'arbda autpleysment 1940-yillarda paydo bo‘lgan va 70-80-yillarda bu ishsizlik inqirozini engib o‘tish zarurati bilan bog'liq ravishda sanoat korporatsiyalarining diqqat markazida bo‘lgan. Hozirgi vaqtda ushbu xizmatdan AQShning 80% gacha, Yaponiyaning 30% gacha, Evropaning 15-20% gacha kompaniyalari foydalanishadi. Ko‘pincha, ish beruvchilar autpleysmentni mehnat shartnomasiga yozib qo‘yishadi. Rossiyada autpleysment 1998 yilgi iqtisodiy inqirozdan keyin paydo bo‘ldi, ammo hali ham keng tarqala olmadi. G'arb kompaniyalaridan farqli o‘laroq, mahalliy kompaniyalar xodimlarning qisqarishni biznes samaradorligini oshirish imkoniyati deb bilishadi. Mamlakatda har qanday kompaniya ham, ayniqsa ommaviy ishchilarni qisqartirishda yuz foiz bandlikni moliyalashtirishga tayyor emas va aynan shunaqa daraja autpleysmentdan maksimal foyda olishga imkon beradi. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling