Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet132/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

170




Gidrogenlashda asosiy reaksiya to‘yinmagan asillarning vodorod bilan to'yinishidir. Yog‘lar gidrogenizatsiyasi-bu vodorod va katalizator ishtirokida amalga oshadigan qator reaksiyalarni o'ziga mujassam etuvchi jarayondir. Bu reaksiyalar quyidagilardir:


  1. Asosiy kimyoviy reaksiya-asilglitserinlar molekulasi tarkibidagi asillarning qo‘shbog‘ini vodorod biriktirib to'yintirish:

-CH, - CH =CH~CH2 H2• katalizator >
tctyinmagan asif fragmenti
->-CH2- CH2 -CH2-CH2-
ttfyingan asil /ragmenti
Bu jarayon bosqichma-bosqich ma’lum tartibda (selektiv jarayon) yoki tartibsiz (noselektiv jarayon) amalga oshadi. Bunda yog‘ kislotalarining to‘yinmaganlik darajasi bosqichma-bosqich (selektiv jarayonda) yoki tartibsiz (noselektiv jarayonda) kamaya boradi:
c?8 ~^cfH
Selektiv gidrogenizatsiya jarayonida avval to‘yinmaganlik darajasi yuqori bo‘lgan yog‘ kislotalari vodorod bilan to‘yinadi. Ko‘rsatilayotgan misolda selektiv jarayonda avval linolen kislotasi (C38) vodorod bilan to‘yinib bo‘lganidan so‘ng, linol kislotasi (Cy to‘yina boshlaydi, undan so‘ng olein kislotasiga (C|8) navbat yetib keladi. Noselektiv jarayonda vodorod bilan to‘yinishning bunday tartibi saqlanmaydi. Buning natijasida gidrogenizat tarkibida o‘ta to‘yinmagan yog1 kislotalari qoldiqlari ham saqlanib qolishi mumkin. Bu salomaslarning konsistensiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

  1. Uglerod zanjiridagi qo‘shbog‘lar migratsiyasi pozitsion izomerlar hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin:

  • CH2-CH= CH-CH2-^-CH2-CH2-CH=CH -

  1. Asilglitserinlar tarkibiga kiruvchi yog‘ kislotalari qoldiqlarining fazoviy konfiguratsiyasining o'zgarishi (sis-trans izomerizatsiya):

-CH2 CH2 - -CH2
I I <=± I
CH = CH HC=CH
Asil fragmenti |
(sis-forma) I
CH2
(trans-Гогтт)


171




Gidrogenlashda trans-kislotalarning hosil boiishi, asosan, ko‘p- gina o‘simlik moylarining struktura komponenti bolmish linol kislotasi gidrogenizatsiyasi mexanizmining o‘ziga xos xususiyatlari, gidrogenizatsiya sharoitlari va katalizatorlarning xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Trans-izomerlangan asillar gidrogenlangan yoglarning qattiqligini va suyuqlanisb haroratini oshirishda ijobiy ahamiyat kasb etsa- da, mahsulotlarning oziqaviyligiga va zararsizligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Shu sababli gidrogenizatsiya sharoitlari va katalizatorlarni to‘g‘ri tanlashning ahamiyati juda ham kattadir.

Ishlab chiqarishda gidrogenizatsiya, asosan, nikel va mis-nikel katalizatorlari ishtirokida, 180 -240 °C harorat atrofida, atmosfera bosimi yoki yuqoriroq bosim (3-5)-1,01 • 10s Pa, ba’zan hatto (20-25)-1,01 • 105 Pa bosim ostida amalga oshiriladi. Sanoatda kukunsimon nikel katalizatorlari ishlatiladi, ko'pincha nikel katalizatorlari tashuvchisi sifatida kizelgur qo‘llaniladi. Bunday katalizatorlar tabletkalar sifatida ishlab chiqariladi va qoilashdan oldin maydalanadi. Bunday turdagi dispers katalizatorlardan, asosan, oziqabop gidrogenlashtirilgan yoglar-oziqabop salomaslar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Mis-nikel katalizatorlari texnik salomaslar ishlab chiqarishda keng qoilaniladi.
Takomillashgan, istiqbolli katalizatorlarning turlaridan biri-bu statsionar katalizatorlardir. Ulardan foydalanilganda katalizatorning moyli suspenziyasini tayyorlash va katalizatorni ajratib olish uchun salomasni filtiiash jarayonlariga hojat qolmaydi. Statsionar katalizatorlarning xususiyatlari (faolligi, selektivlik darajasi, izomerlash xususiyati va h.k) ular qotishmasining tarkibi va promotorlarning (qotishma tarkibiga kiritiladigan qo‘shilmalarning) tabiati hamda nisbiy midori bilan belgilanadi.
Yog* va moylar gidrogenizatsiyasining prinsipial texnologik sxemasi 5.24-rasmda keltirilgan.
Gidrogenizatsiya uchun vodorod ishlab chiqarishning eng keng tarqalgan usuli—bu elektrolitik boiib, u toza vodorod ishlab chiqarish imkonini beradi. Bunda elektrolizyorlarda suv emas, balki ishqor va kislotalarning kuchsiz eritmalari elektrolizlanadi. Vodorod gazgolderlarda saqlanadi.
Gidrogenlash uchun faqat obdan rafinatsiyalangan moy ishlatilishi kerak, chunki har qanday aralashmalar katalizatorlar faolligining tez tushib ketishiga sabab boiadi.



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling