172
Katalizatorning moy// suspenziyasini tayyorlash uchun moy
regeneratsiyaga
salomas
Boshlang'ich katalizator suspenziyasini tayyorlash.
Vodorod ishlab chiqarish (elektrolitik usulda, tabiiy gazni konversiyalash yo'li bilan.
Avtoklavdan chiqayotgan vodorod bilan toza vodorodni aralashtirish. Bu aralashmani tozalash.
Gidrogenlash - moy asillari qo'shbog'larini vodorod bilan to'yintirish.
Salomasni filtrlash. Katalizatorni qayta ishlatish yoki regeneratsiyalash uchun ajratish.
5.24-rasm. Gidrogenlangan yog'lar ishlab chiqarishning prinsipial texnologik sxemasi.
Sanoatda, asosan, uzluksiz gidrogenlash jarayonlari qoilaniladi.
Moylarni dispers katalizatorlarda uzluksiz gidrogenlash uchun turbinali aralashtirgichlar bilan jihozlangan va ketma-ket ulangan reaktorlardan foydalaniladi (5.25-rasm).
Reaktor-kislotaga chidamli poiatdan yasalgan sferik tubli va qopqoqli silindrik apparat I boiib, uning ichida 59 min'1 chastota bilan aylanadigan turbinali aralashtirgich 4, bu aralashtirgich ostida vodorodni yuborish uchun moljalangan barbotyor 5, moyni qizdirish va sovitishga moljallangan oltita zmeyevik 2 o‘rnatilgan. Odatda, sxema bo'yicha uchta ketma-ket ulangan reaktorlar batareyasi ishlatiladi. Qisman gidrogenlangan moy tashib o'tuvchi patrubkalar 3 orqali birinchi reaktordan ikkin- chisiga, so'ngra esa uchinchisiga o‘tadi. Moyni gidrogenlash harorati oziqabop salomas uchun 210-230 °C, texnik salomas uchun 240-250 °C. Dispers katalizator miqdori 1 t moy uchun 0,5 kg dan 2 kg gacha (nikel hisobida). Vodorodning reaktordagi bosimi 0,5 MPa.
Do'stlaringiz bilan baham: |