Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


-rasm. Uzluksiz ishlaydigan dezodorator: a-vertikal qirqim; b-A-A bo'yicha qirqim


Download 462.71 Kb.
bet131/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

5.23-rasm. Uzluksiz ishlaydigan dezodorator: a-vertikal qirqim; b-A-A bo'yicha qirqim.


169


Haydaladigan uchuvchan moddalar va yog4 tomchilari separator- tomchito'plagichda yig‘iladi, bu moslamaning yuqorigi qismini separator, pastki qismini esa tomchito‘plagichi tashkil etadi. Dezodoratorda moy 45 min dezodoratsiyalanadi. Dezodoratorga kiraverishda moyning harorati 230°C, chiqishda esa 2)5 °C, apparatdagi bosim 0,13-0,26 kPa. Dezodoratsiyalangan moyni sovitib, inert gaz atmosferasida saqlash lozim.


0‘simlik moylari standart talablariga javob berishi kerak. Masalan, kungaboqar moyi standart talablariga asosan quyidagi turlarga bo‘linadi: rafinatsiyalangan-dezodoratsiyalangan va dezodoratsiyalanmagan; gid- ratatsiyalangan-oliy, I va II navlar; rafinatsiyalanmagan-oliy, I va II navlar. Paxta moyi ham standart talablariga asosan quyidagi turlarga bo‘linadi: rafinatsiyalangan-dezodoratsiyalangan va dezodoratsiyalan­magan. Olz navbatida dezodoratsiyalangan paxta moyi oliy va I navlarga, dezodoratsiyalanmagani esa-oliy, I va II navlarga bo‘linadi; rafinatsiya- lanmagan paxta moyi oliy, I va II navlarga bo‘linadi. Savdo va umumiy ovqatlanish tarmoqlariga faqat rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan moylar yuborilishi lozim.

  1. §. GIDROGENLANGAN YOG'LAR ISHLAB CHIQARISH

Sanoatda ma’lum bir texnologik talablarga muvofiq yuqori suyuqlanish harorati va plastik xususiyatlarga ega qattiq yogiarga (margarin, konditer, kulinar yoglari, sovunlar, stearin va h.k. lar ishlab chiqarish uchun) bo‘lgan ehtiyoj kundan kunga o‘sib borayotir. Ammo hayvon yog‘lari va boshqa tabiiy qattiq yog‘lar (kokos, palmoyadro yog‘lari) resurslari kamligi tufayli hozirgi paytda suyuq o‘simlik moylarini (kungaboqar, paxta, soya, indov va boshqa moylar) gidrogenlash hamda qayta eterifikatsiyalash usullari bilan ishlab, qattiq (ma’lum suyuqlanish harorati va qattiqlikka ega bo‘lgan) yog‘lar olish texnologiyalari qoilaniladi. Yog‘ va moylarni gidrogenlashdan asosiy maqsad-katalizatorlar ishtirokida asilglitserinlar tarkibidagi to‘yinmagan yog* kislotalarini (asillarni) vodorod bilan to'yintirib, yog' kislotalari tarkibini o‘zgartirish va demak asilglitserinlar tarkibi va xossalarini o‘zgartirishdir. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, bu jarayondan, asosan, suyuq moy va yogiarni ma’lum darajada qotirishda foydalaniladi. Hosil boigan mahsulotlar (salomaslar) gidrogenlashdan oldingi mahsulotlardan suyuqlanish harorati, qattiqligi, oksidlanish ta’siriga chidamliligi (turg'unligi) bilan farq qiladi.



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling