179
aralashtirgich.
5.30-rasm. O'ta sovitgich: a - umumiy ko'rinishi; b - o'ta sovitgich silindrining kesimi.
etadi. Birinchi quvur ishchi kamera 4 hisoblanib, unda ichi bo‘sh val 5 joylashgan. Margarin emulsiyasi yopishib qolmasligi uchun val bo‘shlig‘i orqali issiq suv yuborib turiladi. Valga o‘n ikkita pichoqlar 6 o‘rnatilgan bo‘lib, valning aylanish chastotasi 500 min ’. Birinchi va ikkinchi quvurlar orasidagi bo‘shliq sovitish agenti uchun bug‘latish kamerasi 7 bo‘lib xizmat qiladi. Sovitish agenti-ammiak quvurlar sistemasi orqali yuborib turiladi. Margarin emulsiyasi sovitilib ichki quvur yuzasida kristallizatsiyalanadi va pichoqlar 6 yordamida qirib olina boshlaydi. Uchinchi silindrdan chiqishda emulsiyaning harorati 12-13 °C.
Shundan so‘ng kristallizatorga kelib tushadi. Bu qurilmada emulsiya margarinni qadoqlash uchun zarur bo‘lgan kristalli struktura holatiga keltiriladi, buning natijasida u talab qilinadigan qattiqlik, bir jinsli va plastik xususiyatlarga ega bo‘ladi. Kristallizatorning asosiy qismlari bo'lib gomogenlashtiruvchi filtr va uchta seksiya-konussimon va ikkita silindrik seksiyalar xizmat qiladi.
Kristallizatorning qadoqlash avtomatiga qarab chiqish joyi konus- simon qilib yasalgan. Bu qadoqlanayotgan margarin massasining zichlanishini ta’minlaydi. Kompensatsiyalovchi moslama margarin massasini qadoqlashga diskret tartibda yuborib turishni ta’minlaydi. Bunda kristallizatsiyalanish issiqligi hisobidan margarin harorati 16-20 °C gacha ko‘tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |