Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet223/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

281


Bolalar ovqatlanishi uchun konservalar. Bu konservalarning alohida guruhi bo‘lib, sabzavotli, mevali, meva-sabzavotli va go‘sht-sabzavotli mahsulotlar keng assortimentini qamrab oladi. Mahsulot xushxo‘r, xushta’m yuqori kaloriyalilikka ega, tarkibida vitaminlar, mineral moddalar va boshqa qimmatli komponentlar mavjud. Bu konservalarning assortimenti 200 dan ko‘proq mahsulotlarni qamrab oladi.


2 oy dan 5 oylikkacha bo‘lgan bolalar uchun zarrachalar olchamlari 100 mkm dan katta bo‘lmagan mayin maydalangan pyure hamda meva va sabzavotli sharbatlar; 8 oylikdan 1 yoshgacha boigan bolalar uchun zarrachalar olchamlari 2 mm gacha boigan; 1,5 yoshdan 4 yoshgacha

  1. 4; mm; 4 yoshdan 7 yoshgacha-5-10 mm boigan mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Pyuresimon konservalarning quyidagi tiplari ishlab chiqariladi:

  • ko‘k no‘xat, sabzi, oshqovoq, qirg'ichlangan pomidorlardan asl sabzavotli pyurelar;

  • sho‘rva-pyurelar (sabzavotli, tomatli, go‘sht-sabzavotli, tovuq- sabzavotli, jigardan), bularni tayyorlashda gulkaram, oshqovoq, pomidor, kabachki, ko‘k no‘xatdan ham foydalaniladi.

Bundan tashqari turli sabzavotlardan guruch, manniy yormasi, sut; meva-rezavorli pyure yoki meva-rezavorli va sabzavotli pyurelar aralashmasini qo‘shib pyurelar tayyorlanadi.
Bolalar ovqatlanishi uchun ishlab chiqariladigan konservalarni tayyorlashda xomashyoning sifati va sanitariya tozaligiga qattiq talablar qo'yiladi. Ishlab chiqarish texnologik rejimlari ham qattiq nazorat ostiga olinadi.
Parhezbop ovqatlanish uchun konservalar. Bu konservalarning kimyoviy tarkibi davolash maqsadlari bilan bogliq. Sabzavotlar odatda oqsilga boy emas, shuning uchun sabzavotli konservalar oqsilni iste’mol qilish chegaralangan hollarda qollaniladi. Agar konservalarda oqsil miqdorini oshirish talab qilinsa, u holda sut, smetana, tuxum hamda oqsilga boy ko‘k no‘xatdan foydalaniladi.
Gazakli konservalarda yog* miqdorini kamaytirish maqsadida qovurish jarayoni o'rniga blanshirlash amalga oshiriladi, yog‘ miqdorini oshirish kerak bolganda sariyog4, smetana, sut, tuxum kiritiladi. Diabet (qand) kasalligiga uchragan bemorlar uchun kam miqdorda qand saqlovchi (karam, baqlajon, kabachki) ishlatiladi va shakar maxsus preparatlar bilan almashinadi.
Kerak boigan holda kletchatga boy bolmagan xomashyo (kabachki, guruch), boshqa hollarda unga boy boigan kepak, sabzi, lavlagi, karam



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling