284
Kalla-pocha mahsulotlari (submahsulotlar) konservalari. Mol, qo'y va cho'chqaning I va II kategoriyali kalla-pocha mahsulotlaridan tayyorlanadi. Bu konservalarga Jeledagi til, O'z selidagi til, Qovurilgan miya, Tomat sousidagi buyrak, Pashtetlar va boshqalar kiradi.
Go'sht-o'simlikli konservalar mol, qo'y, cho'chqa, g'oz go'shtidan o'simlik mahsulotlari (makaron mahsulotlari, hamma turdagi yormalar, karam, kartoshka va boshqalar) qo'shib tayyorlanadi. Bularning quyidagi turlari ishlab chiqariladi: Go'shtli makaronlar, Go'shtli bo'tqa, Kartoshkali go'sht, Go'shtli grechixa bo'tqasi va h.k.
Bolalarbop go'sht konservalari. Bular 3 oylikdan 18 oylikkacha bo'lgan juda yosh bolalar uchun mo'ljallangan. Konservalar ko'p miqdorda to'la qiymatli oqsillarga, optimal nisbatdagi almashinmaydigan aminokislotalarga, fosfor va kalsiyning optimal nisbatlariga ega mineral moddalarga, kam miqdorda osh tuziga, oqsillarga optimal nisbatlarda bo'lgan yog'larga, shu jumladan, polito'yinmagan yog' kislotalarga boy yog'larga, yetarli miqdordagi vitaminlarga ega bo'lishi darkor.
Go'shtli xomashyo blanshirlanadi, maydalanadi, gomogenizat- siyalanadi, 75-80 °C gacha qizdiriladi, bankalarga qadoqlanadi, sterilizat- siyalanadi va sovitiladi.
7 oyli bolalar uchun zarrachalari 0,15 dan 0,2 mm gacha gomo- genizatsiyalashtirilgan konservalar («Малиш», «Геркулес», «Малютка», «Винни-пух», «Беззубка», «Сказка», «Неженка», «Детское», «Здоровье») ishlab chiqariladi. 7-9 oyli bolalar uchun o'chlamlari 0,81,5 mm ga ega pyuresimon konservalar («Малишок», «Птенчик»),
12 oyli bolalar uchun-yirik o'lchamli-1,5-3 mm ga ega («Язичок», «Бутуз») konservalar ishlab chiqariladi.
Go‘sht konservalarining sifat ko'rsatkichlari. Konservalarning sifati tashqi ko'rinishi, organoleptik, kimyoviy va mikrobiologik ko'rsatkichlari bo'yicha aniqlanadi.
Bankalar butun, shishib va zang bosib qolmagan, germetik yopilgan, banka tubi va qopqog'ining qirrasiga yaqin joylarida burchaksimon burishqoqlari yo'q, toza va aniq yorliqli bo'lishi kerak. Tubi va qopqog'i shishgan bo'lib, barmoq bilan bosganda, normal holatga kirmaydigan, teshilgan, oqib chiqqan mahsulot izi qolgan, qirralari yaqinida burishqoqlari bor, qora dog'li, zanglagan, choklari ezilgan konservalardan foydalanish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |