Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet297/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

376




ajratish va ezish; sharbatini ajratib olish; yanchilmani presslash; sharbatni tindirish va bijg'itish; vinoni achitqilar cho‘kindisidan ajratish; vinoga ishlov berish va saqlash. Aniq bir turdagi vinoni ishlab chiqarishga qarab, bu asosiy texnologik jarayonlar bir qancha qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar bilan takrorlanadi.

Uzumning bir yoki bir necha xil navlaridan tayyorlangan vinolar navli va kupajli turlarga bo'linadi.
Saqlanish vaqtiga qarab uzum sharoblari oddiy, markali va kolleksion sharoblarga bo'linadi.
Oddiy vinolarga odatdagi umumiy texnologiya asosida alohida uzum navlaridan yoki ularning aralashmasidan tayyorlangan, dastlab saqlanmasdan uzum mavsumidan keyingi 1 yanvardan boshlab savdoga chiqariladigan vinolar kiradi.
Markali vinolarga yuqori darajali sifatli, maxsus yoki umumiy texnologiya asosida uzumning maxsus tanlab olingan mintaqalarda yetishtiriladigan, ta’mi va xushbo'yligi bilan ajralib turadigan ma’lum navlaridan yoki maxsus tanlab olingan navlari aralashmasidan tayyorlangan va 1-1,5 yildan kam saqlanmagan vinolar kiradi.
Kolleksion vinolar deb, statsionar sig'imlarda saqlash tugagandan so'ng shishalarda 3 yildan kam bo'lmagan muddat ichida saqlangan vinolar kiradi.
Rangiga qarab uzum vinolari oq, pushti va qizil vinolarga bo'linadi. Tayyorlanish texnologiyasiga qarab vinolar xo'raki, quvvati oshirilgan, xushbo'ylantirilgan, o'ynoqi, vijillovchi yoki gazlangan turlarga bo'linadi.
Xo'raki sharoblar uzumning shirasi yoki yanchilmasini to'liq yoki yarim bijg'itish va shuning bilan birga quruq (shirasiz) vino materiallarini yangi yoki quyultirilgan uzum sharbati bilan aralashtirish (kupajlash) yo'li bilan tayyorlanadi. Ulardagi spirtning miqdori 9-14%.
Tarkibidagi qandning miqdoriga qarab xo'raki vinolar quruq, (qandi

  1. 3% dan ko'p emas), ya r i m q u r u q (0,5-2,5% qandli) va yarimshirin (3-8% qandli) vinolarga bo'linadi. Quruq vino tarkibida qand miqdori

  1. 3% dan oshmasligi kerak. Yarimquruq vinoda qandning miqdori 0,5­2,5%, yarimshirin vinoda esa-3-8% ni tashkil etadi.

Quvvati oshirilgan vinolar xo'raki sharoblardan tarkibida spirtning ko'pligi bilan (12-20%) farq qiladi. Spirt va qandning miqdoriga qarab quvvati oshirilgan vinolar quvvatli va desert turlarga bo'linadi. Quvvati oshirilgan vinolarni ishlab chiqarish texnologiyasining o'ziga xos tomoni-uzum shirasining to'liq bijg'itilmasligi bo'lib hisoblanadi.



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling