Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet98/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

131




yorlangan qiyomga un qo‘shib qaynatma tayyorlash; qaynatmani sovitish va xamir qorish. Qaynatma tayyorlash uchun ochiq qaynatish qozonida suvda shakar, patoka, asal to‘liq eriguncha aralashtiriladi. Olingan qiyom 65 °C gacha sovitiladi va un solinib 10-15 minut qoriladi. Tayyorlangan qaynatmaning namligi 19-20%. Qaynatma 25-27 °C gacha sovitiladi. Sovitilgan qaynatmaga qolgan xomashyo solinadi va 10-60 minut davomida xamir qoriladi. Tayyor xamirning namligi 20-22%, harorati 29-30 °C bo'lishi kerak.

Pranik xamiriga shakl berish, asosan, FPL rusumli qo‘ndiruvchi mashinada amalga oshiriladi. Mashina voronkasida xamir ikkita qarama- qarshi aylanadigan taram-taram valoklar bilan ilinib olinadi turli shaklga ega matritsa teshikchalaridan siqib chiqariladi. Hosil bo‘lgan xamir bovliqlari simli to‘r bilan bo'lakchalarga kesiladi va tekis qatorlarga taxlangan holda teshikchali tunuka taxtalariga yoki pechning to‘rli lentasiga teriladi. Xamirga turli moslamalardan foydalanib, qo‘lda ham shakl beriladi.
Praniklar, asosan, konveyerli pechlarda, kichik korxonalarda elektr pechlarida pishiriladi. Pishirish davomiyligi 200-240 °C haroratda

  1. 12 minutni tashkil qiladi. Pishirilgandan keyin mahsulot 40-45 °C haroratgacha sovitiladi, tagdondan tushiriladi va xona haroratigacha sovitiladi.

Yangiligini saqlash vaqtini uzaytirish, ta’mi va tashqi ko‘rinishini yaxshilash maqsadida praniklar sirlanadi. Bu jarayon shundan iboratki, praniklar yuzasiga shakar qiyomidan qatlam hosil qilinadi. Sovitilgandan keyin saxaroza kristallari hosil bo'lganligi tufayli qatlam marmarsimon ko‘rinishga ega bo‘ladi. Praniklarni sirlash drajelovchi qozonlarda yoki uzluksiz ishlaydigan agregatlarda amalga oshiriladi.
Praniklarning bir qismi paketlarga va qutichalarga qadoqlanadi, qolgan qismi gofrirlangan karton, fanera va taxtalardan tayyorlangan qutilarga joylanadi.
Praniklarni quruq, toza, shamollatiladigan xonalarda 18 °C havo haroratida va 65-75% nisbiy namlikda saqlanganda, ularning turi va qadoqlash usuliga ko‘ra yaroqlilik muddati 10 kundan 45 kungachani tashkil qiladi.

Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling