Utfellarni qaynatish va kristalli shakarni olish.
Ottyoklarni qayta ishlash.
Suyuq shakar ishlab chiqarish texnologiyasi.
Qand-rafinad ishlab chiqarish texnologiyasi.
tajriba ishi
Mavzu. Shakar va qand-rafinadning assortimentini o'rganish va sifatini aniqlash.
Maqsad. Shakar va qand-rafinadning assortimenti bilan tanishish, ularning sifat ko'rsatkichlarini aniqlash bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lish.
Mazmuni. Standartlar, ma’lumotnomalar, uslubiy ko'rsatmalardan foydalanib, shakar va qand-rafinadning assortimentini o'rganish, laboratoriya asbob va uskunalarini qo'llab, ularning sifat ko'rsatkichlarini aniqlash va xulosa chiqarish.
209
bob. GO'SHT VA GO‘SHT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI
§. GO'SHT SANOATINING RIVOJLANISHI
Mustaqillik yillarida 0‘zbekistonning barcha viloyatlarida go‘sht sanoati o‘zining texnikaviy potensialini tiklab oldi va taraqqiy eta boshladi. Yangi kichik kushxonalar va go‘shtga dastlabki ishlov berish korxonalari barpo etildi. Mahsulot ishlab chiqariladigan asosiy bo‘limlar qurilma va uskunalar bilan jihozlandi. Umuman hozirgi vaqtda barcha jarayonlar uskuna va texnik vositalar yordamida ishlashga o‘tgan.
Bulardan tashqari sanoat korxonalarida texnik mahsulotlar, hayvonlar uchun oqsil, oziqalar, tibbiy preparatlar va galantereya buyumlari tayyorlash ishlari ham amalga oshirilmoqda,
So‘nggi yillarda go‘sht sanoati tizimida barcha texnologik jarayonlarni takomillashtirish, sotuv tashkilotlariga sifatli go‘sht va go‘sht mahsulotlari yetkazib berish chora-tadbirlari tobora jadallashmoqda. Shuningdek, so‘yilgan hayvonlarning qoni, suyagi, iste’molga yaroqsiz bo'lgan hayvon chiqindilaridan foydalanish, texnik yog‘, oqsil tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Fizika, kimyo, biokimyo va mikrobiologiya fanlari yutuqlaridan amaliyotda keng foydalanilmoqda. Bu esa chiqindi mahsulotlardan unumli foydalanish imkonini bermoqda.
Umuman, hozirgi zamonaviy go‘sht korxonasi-murakkab agregat, avtomatlar va konveyer liniyalarga ega bo‘lgan sanoat kompleksi hisoblanadi. Go'sht va go'sht mahsulotlarini sun’iy usulda sovitib berish va muzlatish imkoniga ega bo‘lgan sovuqxonalar mavjud.
Bulardan tashqari ular keng miqyosda yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotini tayyorlab berish, texnik mahsulot yetishtirish va hayvonlar uchun to‘la qiymatli oziqa ishlab chiqarish imkoniga ega.
Go‘sht korxonalaridagi ishlab chiqarish bo‘limlari, asosan, quyi- dagilardan iborat:
hayvonlarni so‘yishdan oldin saqlash bo'limi;
so'yish va terini shilish, yoki tanaga ishlov berish bo‘limi (bunga yog‘-moy, teri va ichak boMimi va hayvon go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash bo‘limlari kiradi);
Do'stlaringiz bilan baham: |