Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet163/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

210


  • kalla-pocha mahsulotlarini yig‘ish va qayta ishlash bo‘limi;

  • kolbasa va konserva tayyorlash bo‘limi va sovuqxona;

  • qadoqlab o'lchash va yarimtayyor mahsulotlarni tayyorlash bo‘limi;

  • texnik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash va hayvonlarga oziqa tayyorlash bo‘limi shular jumlasidandir.

So'nggi yillarda keng quloch yozayotgan, yangi tashkil etilayotgan fermerchilik harakati, shaxsiy dehqon xo‘jaliklari o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda turli xil chorva hayvonlari va parrandalarni ko‘paytirib, boqib semirtirish, olinadigan mahsulot sifatini yaxshilash chora-tadbirlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada viloyatlarda ham ko'plab fermer xo‘jaliklari ulkan natijalarga erishmoqdalar. Ular chorva sonini tobora ko‘paytirish, naslini yaxshilash, yem-xashak bazasining barqarorligini oshirish kabi tadbirlarga alohida e’tibor berganlari holda astoydil mehnat qilmoqdalar.
Umuman mamlakatimizda go‘sht ishlab chiqarish sanoati uchun xomashyo bazasi sifatida fermer va jamoa xo‘jaliklarining tutgan o‘rni nihoyatda salmoqlidir.
Go‘sht sanoati korxonalarida qayta ishlanadigan asosiy xomashyolarga qoramol, qo‘y-echki, cho‘chqa, quyon, parranda va boshqalar kiradi. Shuningdek, go‘sht uchun ot, tuya va boshqa hayvonlar ham qayta ishla- nadi.
Go‘sht uchun hayvonlarlarni so‘yish ma’lum darajada jamoa xo‘jaliklari va dehqon-fermer xo‘jaliklarining o‘zida bajariladi va mahsulotning qayta ishlash tadbirlari amalga oshirilmoqda. Lekin, bunday xo'jaliklar nihoyatda kam bo‘lib, ularni rivojlantirishda ko‘plab muammolarga duch kelinmoqda. Chunonchi, kichik so‘yish maydonchalarini qurish, kushxonlarni va ixchamlashtirilgan mol so'yish sexlarini tashkil etish, ularni maxsus asbob-uskunalar bilan ta’minlash, shuningdek, eng asosiysi, malakali texnolog kadrlarning yetishmasligi eng muhimlaridan hisoblanadi.


  1. Download 462.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling