Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


§. GO'SHTNING TARKIBI, OZIQAVIYLIK QIYMATI VA OVQATLANISHDAGI AHAMIYATI


Download 462.71 Kb.
bet166/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

§. GO'SHTNING TARKIBI, OZIQAVIYLIK QIYMATI VA OVQATLANISHDAGI AHAMIYATI

Respublikamiz oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri go‘sht sanoati hisoblanadi. Bu borada chorvadorlar, fermerlar va malakali texnologlar muhim o‘rin tutadilar.

Ma’lumki go‘sht va go‘sht mahsulotlari tarkibida to‘la qimmatli oqsillar ko‘p miqdorda bo‘lganligi uchun har bir inson organizmi uchun zarur va muhim hisoblanadi.
Kuzatishlardan ma’lumki, inson organizmini energetik va plastik moddalar bilan ta’minlashda birorta oziq mahsuloti go‘shtning o‘rnini bosa olmaydi. Go‘sht oqsillari o‘simlik oqsillaridan bir necha barobar yuksak bo‘lganligi uchun ham muhim energiya manbayi hisoblanadi. Binobarin, go‘shtning inson kundalik hayotida tutgan o‘rni beqiyosdir.
Go‘sht tarkibida barcha muhim elementlar tayyor holda bo'lganligi sababli, inson organizmida moddalar almashinuvida ishtirok etadi.
Kuzatuvlardan ma’lum bo‘lishicha, go‘sht miyaga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, miya go‘shtdan oziqni ko'proq olib o‘sadi va rivojlanadi. Ma’lumki inson organizmi o‘z faoliyatida oqsil, yog‘, uglevod, tuz va vitaminlarni, shuningdek, barcha turdagi aminokislotalarni sarflaydi. Binobarin, bu moddalarning o‘rni hamma vaqt to‘ldirilib turishi
213




talab etiladi. Shuning uchun iste’mol qilinadigan oziq-ovqatlar tarkibida organizm uchun muhim bo‘lgan barcha moddalar yetarli va sifatli bo‘lishi shart.

Oqsil-mahsulotning asosiy tarkibi hisoblangani holda, turli xildagi aminokislotalar birikmasidan iborat. Oqsillar aminokislotalarning saqlanish miqdoriga qarab to‘la qiymatli va to‘liqsiz qiymatli oqsillarga bo‘linadi. Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, katta yoshdagi odam (massasi 75-105 kg) uchun bir sutkada 105-150 g oqsil talab etilar ekan. Oqsillar, asosan, go‘sht, baliq, sut va tuxum tarkibida ko‘proq uchrashi aniqlangan. Oqsillarning miqdoriga ko‘ra oziq sifatining yuksak darajada bo‘lishi ko‘ndalang-targ‘il muskullarda bo‘lgani holda u nihoyat qimmatli hisoblanadi. Lekin biriktiruvchi to‘qima va silliq muskullarda ayrim aminokislotalar (triptofan, lizin, tirozin va boshqalar)ning uchramasligi aniqlangan. Shuningdek, sifatli go‘sht tarkibida o‘rtacha 20% oqsil bo'lishi aniqlangan.
Mol go‘shti barcha insonlar uchun qimmatli va lazzatli oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi va barcha turdagi mahsulotlar ichida salmoqli o‘rin tutadi. Mol go'shtining to'yimliligi birinchi galda uning tarkibidagi oqsil va yog‘ moddalarining kaloriyaliligi bilan belgilanadi.
Go‘shtning energetik qiymati (kaloriyaliligi) uning sifatiga, molning semiz-oriqligi, boqish usuli, oziqlantirish, yoshi, jinsi, fiziologik holati va boshqalarga bog‘liq bo'lgani holda 1 kilogrammda taxminan 1200-2800 kilokaloriya va undan ko'proq bo'lishi tajribalarda sinab ko'rilgan.
Oriq mol go'shtida yog‘ miqdori o'rtacha 3,30% bo'lsa, yuqori semizlik darajasiga yetkazilgach u 23,0% gacha ko‘payishi mumkin ekan. Shuningdek, paylar miqdori oriq mollarda 14 % bo‘lsa, yuqori daraja semiz mollarda u atigi 9,6 % ga to‘g‘ri kelar ekan.
Lahm go‘sht tarkibidagi kimyoviy moddalarning miqdori mollarning semizlik darajasi bilan belgilanadi. Mollarning semizligi qanchalik yuqori bo‘lsa, ularning go‘shtidagi suv (68,5%) hamda oqsil (17,6%) kamayishi bilan, yog‘ miqdori (23 %) va umumiy kaloriyaliligi (2850 kkal) shuncha yuqori bo‘ladi.
Eng yuqori sifatli go‘sht birinchi galda barcha yuqori naslli go'shtdor zotlar (qozoqi oqbosh, santa-gertruda, aberdin-angus, gereford, qalmoqi, sharole va h.k.)dan yetishtiriladi. Chunki, bu zotdagi mollar faqatgina go‘sht yetishtirishga moslashtirilgan bo‘ladi. Mol tanasidagi go‘sht miqdorini va uning sifatini hayvonning tiriklik vaqtida ham taxminan chamalash yo‘li bilan aniqlash mumkin. Bu usulda mollarning oriq-
214




semizligi, son qismlarining to‘la go‘shtdorligi, yelka yo‘nalishining tekis yoki notekisligi, shuningdek, tanasining umumiy ko‘rinishiga qarab belgilanadi.

Mollarning go‘shtdorlik xususiyatini ifodalash uchun aniq usullardan foydalaniladi. Bunda mollar so‘yilgach go'shtini tortish va hisoblash usuli aniq va qulay hisoblanadi. Bunda, asosan, ikki ko'rsatkich, ya’ni so‘yim massasi va so‘yim chiqishi hisobga olinadi.
So‘yilgan mollarning go‘shti boshqa to‘qima (yog‘, pay, suyak va h.k)lardan ajratilgan holda bir necha guruhlarga bo‘linadi. Ya’ni suyakli go'sht yoki go‘sht nimtalari; lahm go‘sht yoki suyakdan ajratib olingan go‘sht; yog‘, pay, tog‘ay va limfa tomirlaridan tozalab olingan go‘sht shular jumlasidandir.
Go‘shtning asosiy qismi muskul to‘qimalaridan tashkil topgan bo‘lib, u yosh mollarda ancha nozik, tez pishadigan va yaxshi hazm bo‘lish xususiyatiga egadir. Qari mollarning go'shti esa ancha qattiq, chayirroq va dag'allashgan bo‘ladi. Shuning uchun ham uni uzoq vaqt pishirish talab etiladi. Bunday go'shtning hazm bo‘lishi yosh mollarnikiga nisbatan qiyinroq bo‘ladi. Shu sababli chet mamlakatlarda buzoq go‘shti yirik mol go‘shtiga nisbatan bir necha marta qimmat baholanadi.
Umuman, go'sht miqdori semiz mollarda ko‘p, oriqlarda oz, shuningdek, yosh mollarda ham oz, katta yoshdagilarda esa ko'proq bo'ladi, shu bilan birga erkak mollarda urg'ochilarga nisbatan ko‘p go'sht bo'lishi aniqlangan.
Mol tanasida yog' to'qimalarning miqdori, asosan, teri ostida, shuningdek, buyrak va qovuq atrofida oshqozon va ichaklar atrofida ko'proq uchraydi. Bunday xususiyat ko'proq yirik mollarda yaxshi ifodalangan bo'ladi.
Mol go'shtining sifatini aniqlashda yana bir usul ancha qulay hisoblanadi. Ya’ni go'shtning marmarsimon ko'rinishga ega bo'lishi yoki ega emasligi bu borada asosiy ko'rsatkich hisoblanadi. Marmarsimon go'sht deyilganda uning tarkibidagi yog' va muskul to'qimalar qavat- qavat holda ifodalangan bo'ladi. Bunday go'shtlar juda mazali va to'yimli hisoblanadi.
Go'shtning marmarsimon bo'lishi, asosan, go'shtdor zotli mollarda yaxshi rivojlangan bo'ladi. Shuning uchun ham ularning go'shti go'sht-sut yo'nalishidagi mollarnikiga qaraganda birmuncha yumshoq, to'yimli, tez pishadigan va mazali bo'ladi. Kuzatishlardan ma’lum bo'lishicha, go'sht tarkibida yog' ko'p bo'lsa, u holda go'shtning ta’mi pasayadi, hazm bo'lish



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling