Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet169/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

217




Yog‘ to‘qimasining rangi ko‘plab omillar bilan belgilanadi. Masalan, oriq-semizligi, yoshi, jinsi, boqilishi, fiziologik holati shular jumlasidandir. Yog‘ to‘qimasi mikroskop ostida ko‘rilganda ular dona- dona bo‘lib, biriktiruvchi to‘qima bilan yonma-yon joylashganligini aniqlash mumkin.

Yog* to‘qimasining muskullar bilan qavatma-qavat joylashganligi go'shtning sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Binobarin, go‘sht yo'nalishiga mansub bo‘lgan hayvonlarda bu holat yaqqol sezilib turadi. Shuning uchun ularning go'shtini «marmarsimon» go'sht deb ataladi. Bunday go'shtlar yumshoq, mayin, mazali, lazzatli va tez pishadigan bo'ladi.
Biriktiruvchi to'qima. Biriktiruvchi to'qima ko'pincha yulduzsimon, ba’zan cho'ziq holda uchraydi. Bu to'qima organizmning barcha sohasida uchraydi va hujayralararo moddalar kollagen (yelim beruvchi) va elastik (qayishqoq) tolalardan tashkil topgan. U ko'pincha shakllanmagan (shaklsiz) ko'rinishda uchraydi va semiz mollar go'shtida 9-10%, oriq mollarda 14-15% atrofida bo'lishi mumkin.
Suyak to'qima. Suyak to'qima zich serkovak suyak hujayralaridan va shaklsiz moddalardan tashkil topgan. Shuningdek, mayda kovakli yoki teshik-teshikli bo'lishi aniqlangan. Suyak to'qimasi o'z shakliga ko'ra yassi va naysimon bo'ladi. Hayvonlarning turi, yoshi va vazniga ko'ra uning tanasidagi suyak to'qima salmog'i har xil bo'ladi. Masalan, qoramollarda

  1. 32%, otlarda 13-15%, qo'ylarda 8-17% va cho'chqalarda 5-9% bo'lishi aniqlangan.

Qon hujayra va hujayraaro moddasi-suyuq plazmadan iborat. Qon hujayralari qizil qon tanachalari (eritrositlar), oq qon tanachalari (leykositlar) va qon plastinkalari (trombositlar)ga bo'linadi. Kislorod tashuvchi va qonga qizil rang beruvchi oqsil modda gemoglobin eritrosit tarkibiga kiradi. Leykositlar mikroblarni yo'qotish va bakterial zaharlarni zararsizlantirishni ta’minlaydi. Trombositlar qonning ivishida qatanashadi. Qon plazmasi qon zardobi va unda erigan fibrinogen oqsilidan iborat.
Qon qoramol va qo'ylar tirik vaznining taxminan 7 % ini, cho'chqada

  1. % ga yaqinini tashkil etadi. Qon yuqori oziqaviylik qiymatiga ega, undan kolbasa ishlab chiqarish, dori tayyorlash va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.

Limfa qon bilan barcha organlardagi to'qimalar o'rtasida vositachi vazifasini bajaradi, qondagi oziqaviy moddalarni to'qimalarga uzatadi, to'qima va organlar ishlab chiqargan mahsulotlarni qonga beradi. Limfa hujayra (limfosit)lar va suyuq plazmaga bo'linadi.



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling