Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


§. GO'SHTNING MORFOLOGIK TUZILISHI


Download 462.71 Kb.
bet168/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

§. GO'SHTNING MORFOLOGIK TUZILISHI

Morfologik jihatdan go‘sht tarkibiga muskul to'qimasi, yog‘, biriktiruvchi to‘qima, suyaklar va nerv tolalari kiradi. Shuningdek, qon tomirlari, limfa sistemasi ham juda oz miqdorni tashkil etib, go‘sht tarkibiga kiradi.

Muskul to'qimasi. Muskul to‘qimasi miqdoriy jihatdan hayvon organizmining asosiy va eng muhim to‘qimasi hisoblanadi. Tirik muskul to‘qimasining asosiy xususiyati bo‘lib, uning qisqarish qobiliyati hisoblanadi.
Hayvon tirikligida bu to'qima harakatlanish, qon aylanishi, ovqatlanish organlariga ko‘chib turish va boshqa fiziologik vazifalarni bajaradi.


216




Muskul to'qimasi rivojlangan muskul tolalari (hujayralari) va hujayraaro moddalardan tashkil topgan. Undan qon va limfa, nerv tomirlari o‘tgan. Tuzilishi va qisqarish qobiliyatiga ko‘ra muskul to‘qimasi silliq, ko‘ndalang-targ‘il va yurak to‘qimalaridan iborat.

Silliq muskul to'qimasi uzunligi 500 mkm gacha bo‘lgan hujayralardan tashkil topgan, ular 3 sekunddan 3 minutgacha davrda qisqarib turadi. Bu to'qima boshqa to‘qimalar bilan birgalikda ovqat hazm qilish va nafas olish organlarining devorlarini tashkil etadi.
Ko‘ndalang-targ‘il muskul to‘qimasi skelet musku- lini tashkil etadi, uning oziqaviylik qiymati yuqori, chunki unda to‘la qiymatli oqsillar ko‘p bo‘ladi. Molning zoti, jinsi, yoshi va semiz- oriqligiga qarab, tanasidagi ko‘ndalang-targ‘il to‘qima 50-70% atrofida bo‘ladi. Bu muskul to‘qimalari uzunligi 15 sm, qalinligi 200 mkm gacha bo'lgan tolalar (hujayralar)dan iborat. Har bir muskul tolasi miofibrilla (tolaning strukturaviy elementi) va suyuq plazma (sarkoplazma)dan tashkil topgan. Miofibrilla ko‘ndalang-targ‘il to‘qimani hosil qiluvchi, almashinib turadigan och va to‘q rangli disklardan iborat. Muskul tolalari to‘qimalarini biriktiruvchi qobiq yordamida tutamlarga biriktiriladi, bu tutam esa biriktiruvchi to‘qima vositasida yirikroq tutamlarga ulanadi. Tutamlar zichroq biriktiruvchi to‘qima (fassiya) bilan o‘ralgan holda muskulni hosil qiladi. Ko‘ndalang-targ‘il muskul to‘qimasining rangi och qizildan to‘q qizilgacha bolib, u hayvonning turi, jinsi, yoshi va boshqalarga bogliq. Masalan, cho‘chqaning muskul to‘qimasi qoramolnikiga qaraganda oqish rangda boiadi; ot go‘shtining muskul to‘qimasi to‘q qizil, hatto, ba’zan qoramtir rangli; yosh urg‘ochi molning muskul to'qimasi qari va erkak molnikiga qaraganda oqish; ishchi hayvonning muskul to‘qimasi to‘q qizil rangli boiadi.
Yosh molning muskul tolalari nozik pardali va ingichka, ularda tola qiymatli oqsil hamda suv ko‘p boiadi. Qari molning muskul to‘qimasi yo‘g‘onroq, hujayra pardalari va dastasi zich, shu sababli uning go‘shti qattiq boiadi.
Yurak muskul to‘qimasi ko‘ndalang-targ‘il muskulga ega, ammo noparallel joylashgan va bir-biri bilan juda ko‘p o‘simtalar orqali bogiangan tolalardan tashkil topgan. Bu to‘qima zich va dag‘al konsis- tensiyaga ega.
Yog to'qimasi. Yog‘ to‘qimasi biriktiruvchi to‘qimaning bir turi bolgani holda o‘ziga xos rangga va xususiyatga egadir. Jumladan, u qoramollarda sariq, qo‘ylarda oqroq, cho‘chqalarda oq va otlarda to‘q sariq boiishi mumkin.



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling