§. KALLA-POCHA MAHSULOTLARIGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI
Hayvonlar so‘yilgach, kalla-pochasi va ichki organlari qayta ishlanadi. Go‘sht sanoatida bu organ va qo‘shimcha to‘qimalar kalla-pocha mahsulotlari deb ataladi. Bu mahsulot barcha morfologik belgilariga ko‘ra to‘rt guruhga bo'linadi: •
yumshoq va go‘shtli mahsulot (jigar, o‘pka, yurak, buyraklar, taloq, til, yelin, go‘sht kesiklari, diafragma);
suyakli qo‘sliimcha go‘sht mahsulotlari (qoramollarning bosh va dumi);
junli qo‘shimcha mahsulotlar (qoramol oyoqlari, quloqlari);
shilimshiq mahsulotlar (katta qorin, to‘r qorin, qatqorin, shirdon va oshqozon) shular jumlasidandir.
Kimyoviy tarkibi, to‘yimliligiga ko‘ra kalla-pocha mahsulotlari ikki kategoriyaga bo'linadi. I kategoriyaga miya, til, jigar, kalla go‘shtlari, buyraklar, diafragma, dum, yelin va go‘sht kesiklari kiradi. II kategoriyaga boshi, quloq va oyoqlari, urug‘donlar, o‘pka, katta qorin, qizilo'ngach kiradi.
Shuningdek, cho‘chqalarning oshqozoni, taloq, lab va traxeyalari ham ikkinchi kategoriyaga inansub hisoblanadi.
Ayrim qo'shimcha mahsulotlar (o'pka, oshqozon devorlari) biriktiruvchi tolalardan tashkil topgan bo'ladi.
Ba’zi bir qo'shimcha mahsulotlarda suyak miqdori ko'proq bo'ladi. Masalan, boshda 50%, oyoqlarda 85-90% atrofida suyak bo'lishi aniqlangan. Ishlanmagan qo'shimcha mahsulotlar uzoq vaqt saqlanmaydi. O'pka, jigar, taloq, buyrak kabilar 0°C dan past haroratda saqlanishi talab etiladi. 224
Do'stlaringiz bilan baham: |