Qo‘y va echkilarni so‘yish texnologiyasi. Qo‘y va echkilarni so‘yishda ularni karaxt qilish tadbirlari olib borilmaydi. Qo‘y va echkilar to‘g‘ri elevatorga uzatiladi va unda ular so‘yiladi.
So'yiladigan hayvonlar 25-50 boshdan qilib mol saqlash xonasiga kiritiladi va undan harakatlanuvchi mexanizm-elevatorga uzatilib, ularning orqa oyog‘idan zanjir moslamalariga biriktiriladi. Konveyer usulida harakatga keltiriladigan elevatorga osilgan hayvonlar o‘z navbati bilan birin-ketin so‘yila boshlanadi. Bunda hayvonlarni bo‘yin (jag‘ osti) qismidagi vena qon tomiri ingichka o‘tkir qirrali pichoq bilan kesib yuboriladi. Hayvonlarni tezroq qonsizlantirish maqsadida ularning arteriya qon tomiridan va yuragining o‘ng qorinchasidan pichoq yordamida qoni
221
chiqarib yuboriladi. Qizilo‘ngachni jarohatlamay (kesib yubormasdan) barcha qon maxsus idishga olinadi.
Dastlabki ikki minut davomida olingan qon toza hisoblanib, undan albumin tayyorlanadi. Ifloslangan qon hayvonlar uchun qon uni tayyorlashga yuboriladi. Qonsizlantirish uchun bo‘yinni kesib tashlashga ruxsat berilmaydi. Qonsizlantirish o‘rtacha 5-6 minut davom etadi.
Qonsizlantirish ishlari tugagach bosh qismi tanasidan kesib olinadi. Boshidan tili kesib, sug'urib olinadi. Bosh qismini qayta ishlash uchun maxsus bo'limga jo'natiladi. Qo‘y terisini shilib olish ishlari ham konveyer usulida mexanik moslamalar yordamida amalga oshiriladi. Terini shilishdan oldin «pistolet» deb nomlangan moslama yordamida qo‘y oyog‘ining sakrash bo‘g‘in qismidan 0,2-0,3 MPa siqilgan havo yuboriladi. Bu esa terini osonlik bilan shilib olish imkonini beradi. Dumbali qo‘ylarga havo dumba ostidagi dum qismidan yuboriladi.
Quruq tozalash jarayonida buyrak yog‘i bilan va dum, odatda, ajratilmaydi, dumbali qo‘ylarning dumi dumbasi bilan kesib olinadi. Ho‘l tozalashdan keyin har bitta ramaning ilgaklariga butun tushalar 10 tadan osiladi. Keyin tushalarga tamg‘a bosiladi, ular tarozida tortiladi va sovitgichga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |