Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet174/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

§. GO'SHTNI TAMG'ALASH

Go‘sht semizligiga qarab kategoriyalarga bo‘linadi. Barcha turdagi go‘shtning semiz-oriqligi muskul va yog‘ to‘qimalarining rivojlanganligiga, ba’zan skelet suyaklarining chiqib turganligiga qarab belgilanadi.
Har bir tana, nimtalik yoki chorak tushaga uning semizlik katego- riyasi uchun ma’lum shakldagi tamg‘a (shtamp) belgilangan. Tamg‘aning rangi go‘shtning turi, semizligi va nimaga mo‘ljallanganligiga bog‘liq.
Sog‘lom, sotish, saqlash va jo‘natishga mo‘ljallangan mol, qo‘y va cho‘chqa go‘shtlariga (oriq go‘shtdan tashqari) binafsha rangli tamg‘a bosiladi. Barcha turdagi oriq go'shtlarga, shuningdek, qayta ishlashga mo‘ljallangan go‘shtga, semizlik darajasi va ishlatilishidan qat’i nazar qizil tamg‘a bosiladi.
Yumaloq tamg‘a I kategoriyali semizlikka ega barcha go‘shtning turlariga bosiladi. Kvadrat shakldagi tamg‘a II kategoriyali semizlikka ega barcha go'shtlarning turlariga bosiladi. Uchburchak tamg‘a oriq tushalar, nimtalik yoki chorak tushalarga bosiladi.
Tamg‘alarning soni va tananing qaysi qismiga bosilishi go‘shtning turi va semizligiga bog‘liq.


222


Mol go‘shtining semizlik ko‘rsatkichlari va tamg‘alanishi. Katta yoshdagi va yosh mol go‘shti I va II kategoriyaga hamda oriq go‘shtga bo‘linadi. Savdoga faqat I va II kategoriyadagi go‘shtlargina chiqariladi.



  1. kategoriya semizligiga ega bo‘lgan mol go‘shtining muskuli yaxshi rivojlangan boiishi lozim, serqiltiq o'simtali, quymich va yonbosh suyagi sezilmaydi; tananing sakkizinchi qovurg‘adan to quymichgacha boigan qismi teriosti yogi bilan qoplangan boiadi; bo‘yin, kurak, qovurg'alarning oldingi qismlarining ustida yog‘ parchalar ko'rinishida joylashgan. Tananing orqa qismi kesilganda marmarsimonligi aniq ko'rinib turadi.

  2. kategoriya semizlikda boigan mol go‘shtidagi muskullar birmuncha kamroq rivojlangan boiadi; qiltiqli o‘simta, quymich va yonbosh suyaklari sezilib turadi. Quymich, bel va keyingi qovurg'alar atrofida teriosti yoglari mayda parchalar ko‘rinishida boiadi. Go‘sht marmarsimonlikka ega emas.

  1. va II kategoriyali yosh mol go‘shti ham yuqoridagi ko‘rsatkichlarga ega boiishi bilan tavsiflanadi, biroq unda teriosti yogi kamroq rivojlangan boiishi mumkin. I kategoriyali yosh mol nimtasiga yog‘ qatlamlari faqat dumning boshlanish qismi va qovurg'aning ichki tomoniga joylashadi; II kategoriyali nimtada teriosti yog‘i bolmasligi ham mumkin.

  2. kategoriyali go'shtga qo'yilgan talablarni qondirmagan yirik va yosh mol go‘shtlari oriq go'sht hisoblanadi.

Binafsha rangli tamg‘a har bir nimtaga quyidagi miqdorda qo'yiladi: I kategoriyali go‘shtga beshta dumaloq tamg‘a: kurak, orqa, qovurg'a va ko‘krak qismlariga; II kategoriyali go‘shtga ikkita kvadrat tamg‘a: kurak va qovurg‘a qismlariga bosiladi. Yosh mol go‘shtiga bulardan tashqari «Yo» (yosh) tamg‘asi bosiladi.

Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling