Mollarning semizlik darajasini aniqlash. Mollarni semirtirish jarayonida moy to‘plamlari hayvon tanasining ayrim qismlarida yig‘ila boshlaydi. Dastlab dumining tanaga birikkan yerida, so‘ng dumg‘aza qismida, so‘ng ikki qovurg‘asida, oyog‘ining yuqori qismida hamda ko‘krak va yelka qismida moy to‘plami yig‘iladi. Hayvonning semirish darajasiga ko‘ra uning tanasidagi moy to‘qimasi ko‘paya boradi. Shuningdek, teri ostida ham moy qatlami qalinlashadi.
Mollarning semizlik darajasi ularning tashqi qiyofasiga qarab ko‘z bilan va qo‘l bilan ayrim qismlarini ushlab ko‘rish yo‘li bilan aniqlanadi. Shuningdek, hayvonning ko‘kragi, yelka qismi, qorni va son qismlariga alohida e’tibor beriladi.
Qo‘y va echkilarni semizlik darajasini aniqlashda asosiy e’tibor muskulaturasi, dumg‘aza qismi va qovurg‘alariga, dumbali qo‘ylarni dumbasining vazniga va shakliga qaraladi.
Hayvonlar chamalab ko‘rilgach, go‘shtdorligi jihatidan talab darajasida bo‘lsa, ular guruhlab kushxona yoki go‘sht kombinatiga jo'natiladi.
Standart talabiga binoan qoramollar yoshi va jinsiga ko‘ra 4 guruhga bo‘linadi:
212
ho‘kiz va sigirlar;
buqalar;
yoshi 3 oydan 3 yoshgacha bo'lgan novvoslar;
14 kunlikdan 3 oygacha bo‘lgan buzoqlar.
Semizlik darajasiga ko‘ra, mollar 3 kategoriyaga (toifaga) bo‘linadi:
yuqori semizlik darajasi;
o‘rta semizlik darajasi;
o‘rtadan past semizlik darajasi.
Qo‘y va echkilar ham semizligiga ko‘ra-yuqori, o‘rta va o‘rtadan past kategoriyalarga bo‘linadi. Ularning semizligi darajasini aniqlash standart talabi asosida bajariladi. Dumbali qo‘ylar dumbasining kattaligi ularning semizlik darajasidan dalolat beradi. Oriq qo‘ylarning dumbasi hech qachon katta hajmga ega bolmaydi.
Echkilarning semizlik darajasini aniqlashda ham ularning musku- laturasining rivojlanganligiga alohida e’tibor beriladi. Oriq echkilarning tanasidagi suyaklari bo‘rtib chiqib turadi. Muskulaturasi rivojlanmagan va chandirsimon bo'lishi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |