Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Omborga 1.8-rasm. Granulalangan omixta yem ishlab chiqarishning texnologik sxemasi


Download 462.71 Kb.
bet23/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

Omborga


1.8-rasm. Granulalangan omixta yem ishlab chiqarishning texnologik sxemasi.


41




tushadi. Uning ta’minlagichi omixta yemning aralashtirgichga tushishini ta’minlaydi. Aralashtirgichga bug1 va biriktiruvchi suyuq komponentlar (melassa, yog‘) beriladi. Undan tayyorlangan sochiluvchan omixta yem granulatorning presslovchi qismiga yo‘naltiriladi, bunda, sochiluvchan omixta yem granula shakliga aylantiriladi. Press-granulatordan keyin granulalar jaluzli kolonka 5 da sovitiladi. Kolonkadan chiqqan granulalar harorati atrof-muhitnikiga ko‘ra 10 °C dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Sovitilgandan keyin granulalar unli zarrachalarni ajratish uchun elovchi mashina 6 ga tushadi. Odatda, bu maqsad uchun separatorlar qoilaniladi. Ularda teshikchalarining diametri 2,0-2,5 mm li g‘alvirlar yoki 1,6-2 raqamli to‘rlar o‘rnatilgan boiib, bu yerda ushoq va unli zarrachalar ajraladi. Granulalar tarozi 7 da oichanadi va tayyor mahsulot omboriga yo'naladi.
Omixta yemni uzatish. Korxonalarda ishlab chiqarilgan omixta yem iste’molchilar buyurtmasini bajarish maqsadida ma’lum vaqt davomida saqlanadi. Tayyor mahsulotni saqlash uchun har bir korxonada kamida besh kunlik omixta yem zaxirasini saqlash mumkin boigan omborlar mavjud. Omborlar qoshida omixta yemni uzatish qurilmalari boiadi. Omixta yem vagonlarga ularning tomidagi tuynuk orqali yuklanadi. Maxsuslashtirilgan avtomobillarda omixta yemni tashish eng qulay usul hisoblanadi.
Tayanch iboralar. Don ekinlari, bug'doy, javdar, tritikale, sholi, arpa, suli, makkajo'xori, yorma, un, un tortish, omixta yem, granulalash.
NAZORAT SAVOLLARI

  1. Don ekinlarining qanday o'ziga xos xususiyatlarini bilasiz?

  2. Bug'doyning qanday turlari mavjud, ulardan qaysi maqsadlar uchun foydalaniladi?

  3. Javdar doni va tritikaledan qaysi maqsadlar uchun foydalaniladi?

  4. Qaysi ekinlardan yormalar tayyorlanadi?

  5. Un tortishning qaysi usullari mavjud?

  6. Un sifati qaysi ko'rsatkichlari bo'yicha aniqlanadi?

  7. Yorma ishlab chiqarish texnologik sxemasi qaysi bosqichlardan iborat?

  8. Yorma sifatiga qanday talablar qo'yiladi?

  9. Omixta yem ishlab chiqarish qaysi bosqichlardan iborat?

  10. Omixta yemni granulalashning ahamiyati nimada?



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling