Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


§. OMIXTA YEM TEXNOLOGIYASI


Download 462.71 Kb.
bet19/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

§. OMIXTA YEM TEXNOLOGIYASI

Chorvachilikning muhim omili-mustahkam oziqa bazasini yaratishdir. Bunda omixta yemga alohida ahamiyat beriladi. Omixta yemdan foydalanish go‘sht, sut, tuxum va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishni oshirish, tannarxini pasaytirish imkonini beradi.
Omixta yem fizik holatiga ko‘ra sochiluvchan, briketlangan, donador va galet ko‘rinishidagi turlarga boiinadi. Sochiluvchan omixta yem bir xil maydalangan mahsulotdir. Briketlangan omixta yem to‘g‘riburchak prizma 34




shakliga ega bo‘lib, uzunligi 160-170 mm, kengligi 70-80 mm, balanligi 30-600 mm ni tashkil qiladi. Donador (granulali) omixta yem ma’lum diametr va balandligi uncha katta bo‘lmagan silindr shaklida granula deb ataluvchi oquvchan massadan iborat. Galetlar teshikli to‘rtburchak kulcha shakliga ega. Ular tarkibi va oziqaviy qiymati bo‘yicha ratsionli va konsentratli omixta yemlarga bo‘linadi.
Omixta yem va uning tarkibiy qismlarining oziqaviy qiymatini belgilash uchun «oziqa birligi» iborasi ishlatiladi. U namligi 13%, hajmiy massasi 450-480 g/m3 bo‘lgan 1 kg sulining oziqa qiymatiga ekvivalentdir.
Omixta yem ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan xomashyo tavsifi.
Omixta yem ishlab chiqarish uchun turli-tuman xomashyolar qo‘llaniladi. Ularga boshoqli va dukkakli ekinlar donlari, ba’zi oziqabop o‘tlarning urug'lari; turli oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalarining chiqindilari, hayvonlardan kelib chiqadigan oziqalar, mineral oziqalar va boshqalar kiradi.
Turli ekin donlari va urug'lar
hamda un va yorma ishlab chiqarish sanoati chiqindilari omixta yemning asosiy tashkil qiluvchi qismlari hisoblanadi. Turli omixta yem tarkibiga aralashma yoki alohida-alohida ko‘rinishda 10-50% suli, 30-50% arpa, 20-35% makkajo'xori, 15-30% javdar, 20-30% bug‘doy qo‘shilishi mumkin.
Kepak-donni unga qayta ishlashning chiqindisi hisoblanadi. Kepak tarkibida, donli ekinning turiga ko‘ra, taxminan 15% xom protein, 4% xom yog‘; 9% selluloza; sezilarli miqdorlarda kalsiy, fosfor, natriy, almashinadigan aminokislotalar lizin, metionin + sistin mavjud. 100 kg bug‘doy kepagining oziqaviylik qiymati-72, javdarniki-65, makkajo‘xoriniki-89 oziqa birligiga mos keladi.
Oziqa uni-donni yormaga qayta ishlashda hosil bo‘ladi. Bundan tashqari un tortish korxonalarida bug'doy va javdar oziqa uni ajratib olinadi. Oziqa uni tarkibiga unli endosperm, meva va urug‘ qobiqlari, murtak zarrachalari kiradi. Gul qobig‘iga ega bo‘lgan donlarni qayta ishlashda oziqa uni tarkibida ma’lum miqdorda maydalangan gul qobiqlari bo‘lishi mumkin.
100 kg bug‘doy unining oziqaviy qiymati-99, javdarniki-67, arpaniki-117, suliniki-104, makkajo‘xoriniki-130, no'xatniki-116 oziqa birligiga mos keladi.
Oziqaviy bug'doy murtagi E vitaminiga boy bo‘lib, nasldor hayvonlar va parrandalarning omixta yemlariga qo'shish tavsiya etiladi. 100 g


35




bug‘doy murtagida 65 mg E vitamini mavjud. Omixta yemlarga murtak 2% miqdorda bug‘doyning o‘rniga qo'shiladi.
Don chiqindilariga
un tortish, yorma tayyorlash korxonalarida va elevatorlarda hosil boiadigan qo‘shimcha mahsulotlar kiradi. Omixta yem sanoatida tarkibida foydali doni 65% dan kam boimagan donli chiqindilar ishlatiladi. Donli chiqindilarda don miqdori qanchalik ko‘p boisa, u shunchalik yuqori oziqaviy qiymatga ega boiadi. 100 kg don chiqindilarining oziqaviy qiymati 68 oziqa birligiga mos keladi.
Qishloq xo‘jaligi sanoatining xomashyolarini yog‘-ekstraksiya korxonalarida qayta ishlashda, omixta yem ishlab chiqarishda keng qoilaniladigan qo'shimcha mahsulotlar olinadi.

Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling