42
Test namunalari
Qaysi javobda boshoqli ekinlarga tegishli donlar sanab o'tilgan?
A. Bug'doy, javdar, no'xat, suli. B. Arpa, suli, grechixa, sholi.
C. Bug'doy, javdar, arpa, suli. D. Bug'doy, loviya, javdar, arpa.
Shakli va uzunligi bilan dondan farq qiladigan aralashmalar qaysi uskunalarda ajratiladi?
A. Separatorlarda. B. Triyerlarda.
C. Elovchi mashinalarda. D. Metall ushlagichlarda.
Un tortishning qanday usullari mavjud?
A. Bir martalik va takroriy. B. Oddiy va takroriy.
C. Oddiy va murakkab. D. Bir martalik va oddiy.
Qaysi yorma faqat meva po'stlog'idan ajratish yo'li bilan olinadi?
A. Silliqlangan so'k. B. Grechixa yormasi.
C. Sayqallangan guruch. D. Silliqlangan bug'doy yormasi.
Omixta yem ishlab chiqrishning qaysi bosqichi uning oziqaviylik qiymatini belgilaydi?
A. Xomashyoni tozalash. B. Xomashyoni maydalash.
C. Omixta yemni granulalash. D. Komponentlarni aralashtirish.
Mustaqil ish mavzulari
Bug'doyning turlari, ularning xossalari va qo'llanilishi.
Un tortish usulining murakkab bosqichlari.
Unning assortimenti va sifat ko'rsatkichlari.
Bug'doy va javdar unlarining tavsifi va sifat ko'rsatkichlari.
Yorma ishlab chiqarish uchun qo'llaniladigan xomashyolarning tavsifi.
Yorma ishlab chiqarish texnologik sxemasining alohida bosqichlari.
Yorma assortimentining tavsifi.
Yormaning sifat ko'rsatkichlari.
Omixta yem ishlab chiqarishda qo'llaniladigan xomashyolar.
Omixta yemning turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |