Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet244/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

309




ochilishi nazorat qilib turiladi. Bu bosqichning davomiyligi 20-90 kungacha davom etishi mumkin.
Harorat rejimini rostlab, bijg‘ish va uning davom ettirilishini birga o'tkazish (bir yo‘la o‘tkazish) mumkinligi aniqlangan. Bunda jarayon silindr-konussimon bijg‘itish apparatlarida o‘tkaziladi. Apparatning silindrik qismi ikki-uchta, pastki konussimon qismi bitta sovitish ko‘ylagi bilan jihozlangan. Suslo 7-9 °C haroratda apparatga beriladi va uning hajmi 85 % gacha to‘ldiriladi. Suslo oqimiga 1 gl uchun 0,7-1 I
miqdorda achitqi kiritiladi. Susloning avvalgi 50 % i 0,5-0,7 m3/soat hisobidan havo bilan aeratsiyalanadi. Bijg‘ishning birinchi sutkasida harorat 13­14 °C gacha ko‘tariladi. Bu haroratda suslo 6-7 kun bijg‘iydi. Keyin pivo apparatning pastki qismida 1-2 °C gacha sovitiladi, buning natijasida hosil bo‘lgan achitqilarning zich qatlami apparatdan chiqariladi. Sakkizinchi sutkada pivo 3-4 °C, to‘qqizinchi sutkada 1-2 °C gacha sovitiladi va shu haroratda 5-6 sutka saqlangandan keyin bijg‘ishni davom ettirish jarayoni tugallanadi.
Bijg‘ish va uning davom ettirilishini bir yo‘la o'tkazish, bu jarayonlar davomiyligini suslo boshlang‘ich konsentratsiyasiga qarab 14-18 kungacha qisqartirish imkonini yaratdi. Bu texnologiya soddaligi, apparatlarni xonadan tashqarida o‘rnatish uchun katta kapital sarflar talab qilmasligi bilan farqlanadi.
Davriy usulda asosiy bijg‘ish bo'limida yo‘qotishlarning qiymati sovuq suslo hajmiga nisbatan 2,3-2,5% ni, bijg'ishni davom ettirish va filtrlash bo‘limida yosh pivo hajmiga nisbatan 2,35-3% ni tashkil etadi. Bir yo‘la bijg‘itishda jami yo‘qotishlar sovuq suslo hajmiga nisbatan 5,65% ni tashkil etadi.

  1. §. PIVONI TINIQTIRISH VA QUYISH

Pivo yetilgandan so‘ng tovar ko'rinishi va istalgan tiniqligini ta’minlash uchun u filtrlash yoki separatorlash yo'li bilan tiniqtiriladi. Bu usullarda pivo tarkibidagi mayda zarrachalar, pivoni loyqalantiruvchi va cho‘kma hosil qiluvchi achitqi hujayralari, oqsillar, qulmoqning qoldiq moddalari ajratib olinadi.
Pivoni filtrlash uchun kizelgur filtrlarini qo‘llash yaxshi natija beradi. Pivoning tiniqligi, yaltiroqligi va saqlashda barqarorligini ta’minlash maqsadida u qo‘shimcha tarzda filtr-presslarda kartonning maxsus navlaridan foydalanib filtrlanadi.



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling