Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
Download 462.71 Kb.
|
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI
362
§. OZIQAVIY KISLOTALAR, BO'YOQLAR, XUSHBO'YLANTIRUVCHILAR Oziqaviy organik kislotalar. Ko‘pgina qandolat mahsulotlariga meva va rezavorlarga xos bo'lgan nordon ta’m berish uchun oziqaviy organik kislotalar keng qo'llaniladi. Oziqaviy organik kislotalarga limon, vino, olma, sut, sirka kislotasi misol bo'ladi. Bular orasidan limon, sut va sirka kislotalari ko'proq ishlatiladi. Limon kislotasi. Oziqaviy limon kislotasi tarkibida qand mavjud bo'lgan muhitlarni Aspergillus niger zamburug'lari bilan fermentlashtirish jarayonida olinadi. Bunday muhit sifatida shakar ishlab chiqarish sanoatining chiqindisi-melassadan foydalaniladi. Lavlagi melassasi tarkibida 80% atrofida quruq moddalar, shu jumladan, 46-51% saxaroza, 0,8-2,7% azotli va 8,5% mineral moddalar mavjud. Qandni fermentlashtirishda limon kislotasining hosil bo'lish jarayoni quyidagicha sxema bo'yicha amalga oshadi: C12H22 On —>2C6Hg07 + 3H20 GOST-908 ga binoan limon kislotasi ekstra, oliy va I navlarda ishlab chiqariladi. Limon kislotasi qumaloqlarga ega bo'lmagan rangsiz kristallardan yoki kukundan iborat, I navli kislotaning rangi sarg'ish tusda bo'lishi mumkin. Ta’mi nordon, begona ta’mlarsiz. Kislotaning distillangan suvdagi 2% li eritmasi hidga ega bo'lmasligi kerak. Ekstra navining kuldorligi 0,07% dan oshmaydi, oliy navida-0,1% ni, I navida esa 0,35 % ni tashkil qiladi. Limon kislotasi qadoqlangan holda ishlab chiqariladi, savdo tarmoqlariga chiqarish uchun limon kislotasi polietilen qoplangan polimer plyonka yoki qog'ozdan tayyorlangan xaltachalarga 10-100 g dan qadoqlanadi. Korxonalarga yetkazib berish uchun limon kislotasi sig'imi 40 kg gacha bo'lgan polietilen qatlamiga ega bo'lgan zig'ir-jut-kanop qoplarga joylanadi. Limon kislotasi yopiq xonalarda, 70% nisbiy namlikdagi havoda saqlanadi. Limon kislotasining yaroqlilik muddati ishlab chiqarilgan kuni- dan boshlab-6 oy. Sut kislotasi qandolat mahsulotlari, meva sharbatlari ishlab chiqarishda va novvoylik sanoatida qo'llaniladi. Oziqaviy sut kislotasi tarkibida uglevod mavjud bo'lgan xomashyolarni Delbryuk gomofermentativ sut kislotasi bakteriyalari (Laktobacillus delbrueckii) yordamida bijg'itish yo'li bilan olinadi va suvli eritmadan iborat bo'ladi. Download 462.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling