Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet281/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

359




sarig‘i qattiq, chegaralari sezilmas, markazda joylashgan qo‘zg‘almas, oqsili zich, yorug‘lik o‘tadigan bo‘ladi. I kategoriyadagi bitta tuxumning massasi 54 g, II kategoriyadagi tuxumlarning massasi 44 g dan kam bo'lmasligi lozim.

Yangi, sovitgichda saqlangan va ohaklangan I kategoriyadagi tuxumlarning po‘chog‘i toza, qattiq, butun, havo kamerasi 7 mm gacha, harakatsiz, sovitgichda saqlangan va ohaklangan tuxumlarda-9 mm gacha, biroz harakatlanuvchan, sarig‘i mustahkam sezilmas, markazda joylashgan yoki biroz chetga chiqqan bo‘ladi. Yangi tuxumlarning oqi zich, yoritiladigan, sovitgichda saqlangan va ohaklangan tuxumlarning mustahkamligi kam, yoritiladigan bo'ladi. Bitta tuxumning massasi 48 g dan kam bo'lmasligi kerak.

  1. kategoriyadagi yangi tuxumlarning po'chog'i toza, tabiiy, qattiq, alohida nuqtalar holidagi iflosliklar, havo kamerasi biroz qo'zg'aluvchan, sovitgichda saqlangan va ohaklangan tuxumlarniki qo'zg'aluvchan, ko'chib yuruvchi balandligi 13 mm gacha, sarig'i kuchsizlangan, aniq ko'rinadigan, oson ko'chadigan bo'ladi, oqsili kuchsiz, yoritiladigan, suvsimon bo'lishi mumkin. Bitta tuxumning massasi 43 g dan kam bo'lmasligi kerak.

Tuxumlarni saqlash. Tuxumlar qog'oz qutilarga 180 donadan, yog'och yashiklarga 720 va 360 donadan, har bir qator orasiga poxol to'shalib joylanadi. Havo aylanishi uchun karton qutilarning yonlarida teshiklari bo'ladi. Sovutgichda saqlangan tuxumlar po'choq ostidagi havo kamerasining terlashini oldini olish uchun birdaniga issiq xonaga olib kirilmaydi. Sovitgichli omborxonalarda tuxum yashiklarda 2 °C haroratda va havoning 85-88 % nisbiy namligida 6 oy davomida saqlanishi mumkin.
Agar sovitish kameralari bo'lmasa, tuxumlarni namlikni yo'qotish va mikroorganizmlarning ta’siridan himoyalash uchun ohak eritmasida saqlanadi. Ohakli eritmada (1 I eritmada 5 g Ca(OH)2) 10 °C dan yuqori bo'lmagan haroratda tuxum 3-6 oy davomida saqlanishi mumkin. Ohaklangan tuxumlar ichiga ohak eritmasi kirganligi tufayli o'ziga xos ta’mga ega bo'ladi.

Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling