Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Gidrofil asosdan tayyorlanuvchi shamchalar
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jelatina-glitserinli asos.
Gidrofil asosdan tayyorlanuvchi shamchalar
Suvda eruvchan asoslarda faqat shamcha va sharchalar tayyorlanadi. Shamchalar sovun- glitserinli asosda, sharchalar esa jelatina-glitserinli asosda tayyorlanadi. Tayyorlangan shamchalar va sharchalar o’z qovushqoqligi jihatidan xona haroratida berilgan shaklini yo’qotmaydi, lekin tana haroratida (37 0 S) erish xususiyatiga egadir. Ular quyish usulida tayyorlanadi. Jelatina-glitserinli asos. Ushbu asosning X DF da berilgan tarkibi quyidagichadir: jelatina — 1 qism, tozalangan suv — 2 qism, glitserin — 5 qism. Bu asos ko’pincha qin shamchalarini tayyorlashda ishlatiladi va quyidagicha tayyorlanadi: jelatinaning mayda bo’laklarini chinni kosachada kerakli miqdordagi suvda 3-4 soat davomida bo’ktiriladi. So’ngra glitserin qo’shib aralashtiriladi va bir xil ko’rinishga kelguncha suv hammomida isitiladi. Shamchalar tayyorlashda jelatin-glitserinli asos miqdori ham xuddi kakao moyi kabi topiladi. Faqat bu asosning zichligi 1,15 g/sm 3 ekanligini hisobga olish kerak (kakao moyining zichligi-0,95 g/sm 3 edi). Demak, jelatin-glitserinli asosning zichligi kakao moyining zichligidan 1,21 marta ortiq ekan (1,15:0,95=1,21). Ana shu 1,21 soni suvda eriydigan asoslardan moyli asoslarga o’tish moduli deb ataladi. Moyli asoslardan suvda eriydigan asoslarga o’tish moduli esa 0,826 (0,95: 1,15=0,826) ga tengdir. Rp.: Acidi borici 0,2 Massae gelatinosae q.s. ut fiat suppos. D.t.d. № 20 S. Kuniga ikki mahal bitta shamchadan to’g’ri ichakka yuboriladi. Pasport: Borat kislotasi 4,0 Jelatina 8,75 Tozalangan suv 17,5 Glitserin 43,75 Dorixatda shamcha og’irligi ko’rsatilmaganligi uchun qoidaga ko’ra 3 g li qilib tayyorlanishi kerak. Asos miqdorini hisoblash xuddi kakao moyi kabi bo’ladi. 3,0x20=60 g kakao moyi faraz qilinadi. 0,2x20=4 g dorixat bo’yicha borat kislotasi olinishi kerak. Borat kislotasi uchun 1/K o’ =625 bo’lgani uchun uning egallaydigan hajmi 4,0*0,625=2,5 kakao moyiga teng. 60,0- 2,5=57,5 g kakao moyi olinadi. Moyli asosdan jelatin-glitserinli asosga o’tish uchun o’tish modulidan foydalaniladi: 57,5x1,21=70 g yoki 57,5x0,826=70 g. Demak, 20 ta shamcha tayyorlash uchun 70 g jelatin-glitserinli asos kerak ekan. Asos tarkibiga kiruvchi moddalar nisbatini (1:2:5) hisobga olgan holda jelatinadan 8,75 g, suvdan 17,5 g va glitserindan 43,75 g olinadi. Avval asos tayyorlab olinadi va issiqligida unga yaxshi maydalangan borat kislotasi vazelin moyi bilan aralshtiriladi. Massa bir oz sovigach, qoliplarga quyiladi va yuqoridagi kabi jihozlanadi. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling