Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Shamchalarning to’liq deformatsiyalanish vaqtini aniqlash


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Shamchalarning to’liq deformatsiyalanish vaqtini aniqlash. XI DF ko’rsatmasiga binoan, 
shamchalarni to’liq deformatsiyalanish vaqti Kruvchinskiy qurilmasida aniqlanadi. Bu qurilma 
uzunligi 235mm va diametri 14,7 mm li, o’rta qismi toraygan (torayish eni 5-6 mm, uzunligi 15 
mm) shisha naydan tashqil topgan bo’lib, pastki tomondan rezina qopqoq bilan berkitilgan. Shisha 
naycha 37
0
haroratni ta’minlab turuvchi shisha silindrga joylanadi. Shisha naychaga shamcha 
solinib, ustiga og’irligi 30 g, uzunligi 180 mm, yuqori diametri 9 mm, pastki diametri 14 mmni 
tashqil qilgan shisha naychani quyamiz va shamcha nayning toraygan qismidan to’liq o’tish 
vaqtini belgilaymiz. Shamchalarning to’liq deformatsiyalanish vaqti XI DF talabiga binoan 3-15 
daqiqa bo’lishi kerak.
Shamchalarni saqlash
Moyli shamchalar va sharchalar yupqa pergament qog’oz, mumlangan yoki parafinli qog’oz 
bo’lakchalariga o’ralgan holda chiqariladi.
Jelatina-glitserinli asosda chiqarilgan sharchalar qog’ozga o’ralmaydi, ularni gofrillangan 
qalpoqchalar ichiga joylashtiriladi va karton qutiga joylanadi.
Tayoqchalar gofrillangan qog’ozcha ustidan pergament qog’oz bo’lagi bilan yopiladi va 
tayyorlangan karton qutiga joylanadi.
7-rasm. Rectal shamchalar uchun qoliplar 
3
3
Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya. Izgotovleniya lekarstvennыx preparatov.-
«GEOTAR-Media».- Moskva.-2016. (432 bet)


Shamchalarni sovuq va quruq joyda saqlash kerak.
3- Ma’ruza
Mavzu 3. Surtmalar, ularda qo‘llaniladigan asoslar, umumiy texnologiyasi. Gomogen 
surtma dorilar tayyorlash.
Ma’ruza maqsadi: Surtmalar, ularda qo‘llaniladigan asoslar, umumiy texnologiyasi. Gomogen 
surtma dorilar tayyorlashga oid nazariy ma’lumotlarni berish.
Tayanch atama va iboralar:
Surtma-unguentum
Gidrofob-suv bilan yaxshi namlanmaydigan
Gidrofil- suv bilan yaxshi namlanadigan
Difil- emulsion asos (gidrofillik va gidrofoblik xususiyati mavjud)
Reja:
1. Asoslarning tasnifi;
2.Dori moddalarning surtma asosiga qo’shish qoidalari;
3. Surtma tayyorlashning asosiy texnologik bosqichlari;
Surtmalar, malhamlar, sham dorilar, hab dorilar tibbiyot qalamchalari yumshoq dori turlari 
deb aytiladi. Ular turli xil dispers sistemaga taalluqli bo’lib, yumshoq konsistensiyaga (holatga) va 
umumiy o’xshashlik belgilariga ega. Masalan: surtmalar, shamchalar mayin yopishqoq muhitga 
ega. Hab dorilar muloyim xamirlardan tayyorlanadi va faqat saqlanishi davridagina qurib qattiq 
konsistensiyaga aylanadi.
Bu shu bilan tushuntiriladiki, ko’pgina surtmalar, shamchalar sanoat korxonalarida 
tayyorlanadi. Plastirlar, gorchichniklar, meditsina qalamchalari, kapsulalar, kapsulaga o’ralgan 
dorilar faqat korxonalarda ishlab chiqariladigan dori turlaridir. Surtmalar — sirtga qo’llaniladigan 
dori turlari bo’lib, ular yuqori yopishqoqlik xususiyatiga ega bo’lgan suyuqliklardir. Teri yoki 
shilliq qavatlar ustida tekis, oqmaydigan yupqa sirt hosil qilish xususiyatiga ega. Surtmalar xona 
haroratida o’zining yopishqoq holatini saqlaydi va harorat oshirilganda oquvchan suyuqlikka 
aylanadi. Surtmalar dispersologik tasniflanishi bo’yicha erkin har tomonlama dispers shaklsiz 
muloyim yoki mayin aralashma. Tipik suyuqliklardan ular oquvchanligining yo’qligi bilan 
farqlanadi. 
Surtmalar — qadimiy dori turlaridan biri bo’lib, zamonaviy meditsinada ham ularning 
ahamiyati katta. 
Surtmalar qo’llanishi bo’yicha: 1. Zararlangan teri va shilliq qavatlarni yomon gazlar, 
organiq erituvchilar va chang bilan ifloslanishdan saqlash uchun. 2. Sovuq olganda va kuyganda 
yaraga dori moddalarni qo’yish uchun. 3. Teri kasalliklarini davolashda dori moddalarni teriga 
surtish uchun yoki organlarda ketayotgan patologik o’zgarishlarni davolash uchun dori moddalar 
teriga surtiladi va u yerdan qonga so’rilib butun tanaga ta’sir qiladi. 4. To’g’ri ichak kasalliklarini 
davolashda. 5. Ko’z va burun shilliq qavati zararlanganda dori moddalarni qo’yish uchun. 6. 
Sochni yuqotish va davolash uchun 7. Jun bilan qoplangan terilarga insektitsid vositalar qo’yish 
uchun. 8. Kosmetikada (terini yumshatish, pigment dog’larni yuqotish va boshqalar).
Surtmalar dori modda va asosdan tashqil topadi.
3-jadval
1. Ta’siri bo’yicha surtmalar 
Preparat turi
Teri orqali o’tishi
Asoslar 
Epidermik 
Teri orqali o’tmaydi yoki juda kam 
o’tadi
Lipofil
Endodermik
Derma orqali o’tadi
Absorbsion
Diadermik 
Teri orqali o’tadi, mahalliy va Emulsion va suvda eriydigan
4
4
Lloyd V.Allen, Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya izgotovleniya lekarstvennыx preparatov.-«GEOTAR-
Media».- Moskva.-2014. (511 bet)


umumiy ta’sir qiladi

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling