Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- In’yeksion suv. Dorixona va korxona sharoitida in’yeksion suv olish asboblari
ERITUVCHI VA DORI MODDALAR
Dori moddalarni erituvchisi sifatida DF va me’yoriy texnik hujjatlar talablariga javob beruvchi in’yeksion suv, izotonik eritmalar, gidrofob erituvchilar, mineral hamda o’simlik moylari, sintetik yog’ kislotasi efirlari qo’llaniladi 23 . In’yeksion suv. Dorixona va korxona sharoitida in’yeksion suv olish asboblari Odatdagi distillangan suv o’z tarkibida bir qancha tirik hamda o’lik mikroorganizmlar saqlaydi. Shuning uchun pirogen moddalardan tozalangan destillangan suv — in’yeksion suv ishlatiladi. 23 Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология. Изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2016. (760 bet) In’yeksion eritma sifatida apirogen suv olish uchun distillyasion apparatlarning turli xillari taklif etilgan. Biz quyidagi konstruksiyalardagi distillyasion apparatlarni ko’rib chiqamiz. AA-1 apparati. Bu qurilma elektrotibbiyot jihozlari korxonasida ishlab chiqariladi. U tashqi ko’rinishi bo’yicha distillangan suv oluvchi distillyator D-3 ga o’xshash bo’ladi, (1.28.-rasm) faqat o’lchami bo’yicha kattaroq (540x280x1100 mm). Apparatning asosiy qismlari bug’lanish kamerasi (10), shu kamerada joylashgan suv qaynagan paytda uning sachragan tomchilarini ushlagich (8), kondensator (1), yiggich-tenglashtirgich (25) va elektrokalkondan iborat. Bug’lagich kamerasi (10) tashqi tomonidan po’lat qoplama (9) bilan qoplangan. Bu qoplama kameradagi issiqlikni yo’qotishdagi va ishlovchi xodimning issiqlikda kuyishidan saqlaydi. Kameraning eng tubiga har biri 2 kVt kuchga ega bo’lgan to’rtta elektr isitgich (11) joylashtirilgan. Bug’lanish kamerasida suv elektroisitgichlar yordamida isitiladi va bug’ga aylanadi. Hosil bo’lgan bug’ sachragan suv tomchilarini ushlab qoluvchi to’r (8) va bug’ trubkasi (7) orqali o’tib kondensatsion kamera (3) ga tushadi. Bu yerda bug’ tashqi tomondan sovuq suv yuborilib, sovitiladi. Bunda bug’ kondensatsiyalanib apirogen suvga aylanadi. Apirogen suv kondensatorning tubidagi nippel (5) orqali tashqariga oqib chiqadi. Bug’latish va kondensatsion kameralarda bosim oshib ketmasligi uchun ortiqcha bug’ni chiqarib yuboruvchi tirqish (8) bor. Apparat oyoqlaridan biriga ortiqcha tokni yerga o’tkazib yuborishga xizmat qiluvchi simni ulash uchun maxsus gayka va shaybali bolt o’rnatilgan. Sovigan suv ventil (4) orqali kondensatorning (1) suv kamerasi (2) ga tushadi. Keyin quyish trubkasi (15) orqali yiggich-tenglashtirgichga tushadi. Bu yiggich-tenglashtirgich bug’lanish kamerasidagi suv sathini bir xil miqdorda ushlab turish uchun xizmat qiladi. Ish vaqtida bug’lanish kamerasi kerakli miqdorda suv bilan to’ldiriladi. Qaynash boshlangandan so’ng suvning bir qismi kameraga, asosiy qismi esa shtutser (26) orqali kanalizatsiyaga tushadi. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling