Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Fan bo`yicha kurs ishi (loyihasi)


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet405/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   401   402   403   404   405   406   407   408   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Fan bo`yicha kurs ishi (loyihasi).
Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar:
Fan bo‘yicha kurs ishlarining mavzulari yoritilgan uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan bo‘lib, 
bunda kurs ishini bajarish jarayoni to‘la aks ettirilgan. Kurs ishlari ikki bosqichda bajarilib
adabiyot bo‘yicha ma’lumotlar institutning axborot resurs markazi bazasidan, elektron o‘quv 
vositalaridan va internet tizimidan foydalanib to‘planadi va ishlab chiqiladi. Amaliy qism esa 
kafedra o‘quv laboratoriyalarida va kafedra filialida bajariladi. 
1. Farmatsevtik texnologiya. Ushbu fanni buyuk allomalar (Ibn Sino, Klavdiy Galen va b.) asarlari 
bilan bog‘langan holda o‘rganish. 
2. Dori turlarining tasniflanishi (agregat holati, qo‘llanilish usuli va kiritish yo‘li bo‘yicha, 
dispersiologik tasnif).
3. Dori turlari texnologiyasida qo‘llaniladigan terminlar.
4. Retsept va uning ahamiyati. 
5. Dorilarni og‘irlik va hajm bo‘yicha dozalarga bo‘lish
6. Dorilarni sifatini ta’minlashda qadoqlov materiallarini o’rni.
7. Dorixona sharoitida dori turlari texnologiyasida ishlatiladigan asbob-uskunalar.
8. Tarozilarning metrologik tavsifi.
9. Og‘irlik bo‘yicha dozalarga bo‘lish. Taroz turlari, tarozi toshlari.
10. Hajm va tomchilab dozalarga bo‘lish.
11. Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini 
tashqi bezagiga doir qoidalar (O‘zR SSVning 2002 yil 15 apreldagi 177-sonli buyrug‘i).
12. Ibn Sino asarlarida dori shakllari ta’rifi, tasnifi, tayyorlash usullari.
13. Poroshoklar ta’rifi, tasnifi. Umumiy tayyorlash bosqichlari.
14. Murakkab tarkibli poroshoklar, tayyorlash usullari, muammolari.
15. Qiyin maydalanuvchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash
16. Bo‘yovchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash.
17. To‘zg‘uvchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash
18. Ekstraktlar bilan poroshoklar tayyorlash.
19. Efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash
20. Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash. Trituratlar.


21. Dori vositalarini ishlab chiqarishda davlat me’yorlari. Dorixona sharoitida sanitariya qoidalari. 
22. Hab dorilar va ularni tayyorlash texnologiyasi.
23. Suyuq dori turlari. Eritmalarni o‘ziga xos tayyorlanishi
24. Sirtga qo‘llaniladigan suyuq dori turlari
25. Suyuq dori turlarini tayyorlashda ishlatiladigan erituvchilar.
26. Suyuq dori turlarini tayyorlashning texnologik bosqichlari.
27. Suyuq dori turlarini sifatini baholash va jihozlash.
28. Eritmalarning umumiy tavsifi. Eruvchanlik haqida tushuncha.
29. Suvli eritmalar, tavsifi, tasnifi, tayyorlanish bosqichlari.
30. Ichish uchun ishlatiladigan suyuq dori turlari.
31. Byuretka qurilmalarini tuzilishi, ishlatilish qoidalari va qo‘llanilishi.
32. Konsentrlangan eritmalarni tayyorlash usullari, ular yordamida murakkab miksturalar 
tayyorlash
33. Konsentrlangan eritmalar, ularni suyultirish va quyultirish bilan bog‘liq hisoblashlar.
34. Murakkab miksturalar. O‘zR SSVning 2002 yil 29 dekabrdagi 582-sonli buyrug‘iga asosan 
miksturalar tayyorlash.
35. Dorixona muassasalarida tayyorlanadigan dori turlarining sifatini baholash (O‘zR SSVning 
2002 yil 29 dekabrdagi 583-sonli buyrug‘i).
36. Suvsiz eritmalar texnologiyasi.
37. Suyuq dori turlarida uchraydigan nomutanosibliklarni bartaraf etish yo‘llari.
38. Kompleks birikma hosil qiluvchi va oksidlanuvchi moddalardan eritmalar tayyorlash.
39. Standart farmakopeya suyuqliklari. Ularni suyultirish usullari.
40. Standart farmakopeya suyuqliklari. Shartli va kimyoviy nom bilan keltirilgan suyuqliklarni 
suyultirish.
41. Standart farmakopeya suyuqliklari. 2 guruhga kiritilgan suyuqliklarni suyultirish.
42. Standart farmakopeya suyuqliklari. 1 guruhga kiritilgan suyuqliklarni suyultirish.
43. Suvsiz eritmalarda ishlatiladigan erituvchilar.
44. Uchuvchan erituvchilar bilan suvsiz eritmalar texnologiyasining o‘ziga xosligi.
45. Uchuvchan bo‘lmagan erituvchilar bilan suvsiz eritmalar texnologiyasi.
46. Yuqori molekulali birikmalarning eritmalari. Cheksiz bo‘kuvchi yuqori molekulali 
birikmalardan eritmalar tayyorlash.
47. Yuqori molekulali birikmalarning eritmalari. Chekli bo‘kuvchi yuqori molekulali 
birikmalarlardan eritmalar tayyorlash
48. Kolloid eritmalar. Himoyalangan kolloidlar eritmalarini tayyorlash. 
49. Yarimkolloidlar eritmalari texnologiyasi.
50. Suspenziya dori turi.
51. Suspenziya tayyorlashda qo‘llaniladigan stabilizatorlar.
52. Gidrofil moddalardan suspenziyalar tayyorlash.
53. Gidrofob moddalardan suspenziyalar tayyorlash.
54. Geterogen tizimlarning turg‘unligiga ta’sir etuvchi omillar
55. Suspenziyalarni kondensatsion usulda tayyorlash.
56. Suspenziyalarni dispersion usulda tayyorlash.
57. Emulsiya dori turi sifatida. 
58. Emulsiyalarning hosil bo‘lishini nazariy asoslari.
59. Urug‘li emulsiyalar texnologiyasi. Sifatiga baho berish. 
60. Moyli emulsiyalar texnologiyasi.
61. Emulsiyalarning sifatini baholash, saqlash va texnologiyasini takomillashtirish.
62. Emulgatorlar tushunchasi. Gidrofil-lipofil balans.
63. Emulsiyalarga dorivor moddalarni qo‘shish tartibi.
64. Suvli ajratmalar texnologiyasi 
65. Suvli ajratmalar. Suvli ajratmalardan biofaol moddalarni ajralishiga ta’sir etuvchi omillar.
66. Suvli ajratmalarni olishning nazariy asoslari. Damlama va qaynatmalarning olish bosqichlari.
67. Alkaloid saqlovchi o‘simlik xom ashyosidan suvli ajratmalar tayyorlash.
68. Yurak glikozidlarini saqlovchi xom ashyodan ajratma olish.


69. Efir moylarini saqlovchi xom ashyodan ajratma olish.
70. Saponinlar saqlagan xom ashyodan suvli ajratmalar olish.
71. Antraglikozidlar saqlagan xom ashyodan suvli ajratmalar olish.
72. Oshlovchi moddalar saqlagan xom ashyodan suvli ajratmalar olish.
73. Shilimshiqlar texnologiyasi.
74. Shilimshiqlarning xususiy texnologiyasi.
75. Dorixona sharoitida ekstrakt–konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   401   402   403   404   405   406   407   408   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling