Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Efir moyi saqlovchi o‘simliklardan damlama tayyorlash


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Efir moyi saqlovchi o‘simliklardan damlama tayyorlash
Ajratmaga ko‘p miqdor efir moyi ajralishini ta‘minlash uchun efir moyi saqlovchi 
o‘simliklardan damlama maxsus infundir idishlarda tayyorlanadi. Damlama tayyorlashda 
aralashtirish yoki sovutilmagan ajratmani suzish mumkin emas. O‘tkazilgan tajribalar natijasi 
shuni ko‘rsatadiki XDF bo‘yicha damlama tayyorlash boshqa usullarga nisbatan ancha 
ustunlikka ega.
Bu guruhga kiruvchi o‘simliklardan tayyorlangan damlama va qaynatmalar o‘zining 
yopishqoqligi bilan ajralib turadi. Ular yuqori molekulali moddalar shilimshiqlar ajralib chiqishi 
bilan tushuntiriladi. Bu guruhga kiruvchi ajratmalar xuddi kamedlar va kraxmallardan 
tayyorlangan ajratmalar kabi shilimshiqlar deb ataladi
35
.
Efir moyi saqlagan dorivor o‘simliklardan damlama tayyorlash
Rp.: Infusi foliorum Menthae piperetae 100,0
Natrii bromidi 1,0
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichilsin.
Hisoblash:
Yalpiz bargi (1 : 10) – 10g
35
И.И. Краснюк, Г.В. Михайлова, Л. И. Мурадова Фармацевтичесая технология технология
лекарственнqх форм.-«ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2011. (558 бет)


S.SH.K. = 2,4
Natriy brom 1g
Tozalangan suv –124 ml
100 q (10 x 2,4) = 124 ml
um. hajmi – 100 ml
Tayyorlash: Infundir stakaniga 10 g 3 mm gacha maydalangan yalpiz bargi olinadi, uni
ustiga 124 ml tozalangan suv quyiladi va infundir stakan qopqog‘i jips yopiladi. So‘ngra qaynab 
turgan infundir apparatiga 15 daqiqa damlab quyiladi ammo aralashtirilmaydi, chunki ta‘sir 
qiluvchi moddasi – efir moyi uchib ketadi. Keyin xona haroratida 45 daqiqa davomida qopqog‘i 
jips yopilgan holatda sovutiladi. Keyin yordamchi idishga 2 qavatli dokadan o‘tqazib, qoldiq 
siqiladi. So‘ngra 1 g natriy brom eritib, qayta suziladi va damlama hajmi 60 ml ga etkaziladi.
Tayyor mahsulot jihozlab bemorga beriladi. ―Ichish uchun‖, ―Salqin joyda saqlansin‖, 
―Ishlatishdan oldin chayqatilsin‖.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling