Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Ajratma hajmi va turining ekstraksiya vaqtiga ta‘siri
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16 - Ma‘ruza. MAVZU 16. Suvli ajratmalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Mualliflik tarkiblar Ma‘ruza maqsadi
- Tayanch atama va iboralar
- 14-rasm. Suvli ajratmalar olinishining texnologik jarayoni. 32
Ajratma hajmi va turining ekstraksiya vaqtiga ta‘siri
31 12- jadval Ajratmaning turi Vaqti, min Damlash vaqti Sovutish vaqti Damlama 1 litr gacha 15 45 minutdan kam emas qaynatma 1 litr gacha 30 10 minut Damlama 1dan 3 litrgacha 25 45 minutdan kam emas qaynatma 1dan 3 litrgacha 40 10 minut Damlama ―Cito!‖ 25 Oqib turgan suv ostida 16 - Ma‘ruza. MAVZU 16. Suvli ajratmalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Mualliflik tarkiblar Ma‘ruza maqsadi:O‘simlik xom ashyosining xususiyatiga, tarkibidagi moddalarga qarab dori tayyorlash texnologiyasini tanlay bilish va asoslash. Qaynatma va damlamalarga dori moddalarini ko‘shish tartibini o‘rganish. Reja: Damlama va qaynatma tayyorlashning o‘ziga xos usullari : Alkaloid saqlovchi o‘simliklardan ajratma tayyorlash Yurak glyukozidlari saqlovchi o‘simliklardan ajratma tayyorlash Antroglyukozid saqlovchi o‘simliklardan ajratma tayyorlash Oshlovchi modda saqlovchi o‘simliklardan ajratma tayyorlash Efir moyi saqlovchi o‘simliklardan ajratma tayyorlash Shilimshiq saqlovchi o‘simliklardan ajratma tayyorlash Tayanch atama va iboralar: suvli ajratmalarning, maydalik darajasi, xom-ashyo suv shimish koeffitsienti, maxsulot nisbati, konsentratsiyalar farqi, xarorat tasiri, molekulyar diffuziya, konvent diffuziya. Alkaloid saqlovchi o‘simliklardan damlama va qaynatma tayyorlash 31 I .I. Krasnyuk, G.V. Mixaylova, L. I. Muradova Farmatsevtichesaya texnologiya texnologiya lekarstvennqx form.- «GEOTAR-Media».- Moskva.-2011. (558 bet) 14-rasm. Suvli ajratmalar olinishining texnologik jarayoni. 32 Alkaloidlar o‘simliklarda asos holida bo‘ladi. Tuz holidagi alkaloidlar suvda yaxshi eriydi. Asos holidagi alkaloidlarni eruvchanligini oshirish uchun tuz holiga o‘tkaziladi va bu maqsadda 0,83% xlorid kislotasi 1% limon kislotasi va vino kislotasidan foydalaniladi. Xin o‘simligi po‘slog‘idan damlama tayyorlashda boshqalarga nisbatan 0,8% xlorid kislotasidan foydalangan ma‘kul. SHoxkuyadan damlama tayyorlanganda shu kislotadan xom ashyo tarkibidagi alkaloid miqdoriga 4 barobar ko‘p miqdorda qo‘shiladi. SHoxkuyadan (sporыnya) suvli ajratma olish uchun A. L. Ledneva ko‘rsatmasi bo‘yicha qaynayotgan suv hammomiga 30 min davomida qo‘yiladi va tezlik bilan sovutiladi, chunki shoxkuya alkaloidlari issiqlikka chidamli emas. Shuning uchun ham shoxkuyadan damlama emas, qaynatmatayyorlanadi. SHoxkuyaning yangi maydalangani ishlatilishi kerak, chunki uni tarkibidagi yog‘lartez achish xususiyatiga ega. Termopsis o‘simligidan damlama tayyorlashda 32 Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология. Изготовления лекарственных препаратов.- «ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2016. (760 bet) uning tarkibidagi alkaloidni tuz holiga o‘tkazish shart emas, chunki bu o‘simlikda alkaloidlar asos holdagisi ham, tuz holdagisi ham suvda yaxshi eriydi. Agar o‘simlik XI DF da ko‘rsatilgan miqdordan ya‘ni 1,5% dan ko‘p alkaloid saqlasa, olingan o‘simlik miqdori quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: Masalan: 200 ml termopsis damlamasi tayyorlash kerak bo‘lsin. Rp.: Infusi herbae Thermopsidis 200 ml D.S. bir osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin. O‘simlik o‘z tarkibida 1,6% alkaloid saqlaydi. Buning uchun o‘simlik miqdori topiladi. Termopsis 1:400 nisbatda tayyorlanadi. 200 ml damlama uchun 0,5 g olish kerak. Alkaloid miqdori ko‘p bo‘lgani uchun bu miqdor qaytadan hisoblanadi. X 0,151,5 = 0,47 1,6 0,5 — olinishi kerak bo‘lgan o‘simlik miqdori. 1,5% — DF bo‘yicha o‘simlik saqlash kerak bo‘lgan miqdor. 1,6% — o‘simlik saqlagan alkaloid miqdori. 0,47 — qaytadan hisoblangan o‘simlik miqdori. Agar o‘simlik 1,5% dan kam alkaloid saqlasa, bunday xom ashyodan damlama va qaynatma tayyorlanmaydi. Alkaloid saqlagan o‘simliklardan suvli ajratma tayyorlashda qo‘shiladigan kislota miqdori xom ashyo tarkibidagi alkaloidlar miqdoriga teng miqdorda olinadi. 100,0 — 1,6 0,47 — x x = 0,0075 g alkaloid 0,83 — 100,0 0,0075 — x x = 0,9 ml suyultirilgan xlorid kislota kiritiladi. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling