7-mavzu. Murakkab miksturalar. Dori moddalarni xususiyatidan kelib chiqib miksturalar
tarkibiga kiritish qoidalari
Quruq tuzlar, galen preparatlar, uchuvchan va hidli suyuqliklar va konsentrlangan eritmalar
ishtirokida murakkab miksturalar tayyorlash qoidalari. Quruq tuzlar 3% gacha va undan ko‘pni
tashkil qilganda texnologiyaning o‘ziga xosligi. Miksturalarni tayyorlashda O‘z RSSVning 2002
yil 29 dekabrdagi 582-sonli va 583- sonli buyruqlariga asosan ish olib borish qoidalari. Murakkab
miksturalar nomenklaturasi, tayyorlash texnologiyasi.
8-mavzu. Standart farmakopeya suyuqliklarini suyultirish. Suvsiz eritmalar
Standart farmakopeya suyuqliklari ta’rifi, tasnifi. Standart farmakopeya suyuqliklarini shartli
yoki kimyoviy nom bilan keltirilishiga qarab suyultirish qoidalari. Suvsiz eritmalarni tushunchasi.
Ularnitayyorlash texnologiyasi (spirtli, moyli, glitserinli, eritmalar). Uchuvchan va uchuvchan
bo‘lmagan erituvchilarni eritmlar tayyorlashning o‘ziga xosligi. Aralash erituvchilarda eritmalarni
tayyorlash. Eritmalar texnologiyasi va sifatini takomillashtirish.
9-mavzu. Tomchilar dori shakli sifatida, ularning tasnifi, texnologiyasi va sifatini
baholash
Tomchi dorilarning ta’rifi, tasnifi, dori turi sifatida afzallik va kamchiliklari. Tomchi
dorilarga qo‘yilgan talablar. Ichish uchun ishlatiladigan tomchilar. Tashqi ishlatish uchun
ishlatiladigan tomchi dorilar (burun uchun tomchilar, quloq uchun tomchilar). Tomchilarda zaharli
va kuchli ta’sir etuvchi moddalar dozasini tekshirish. Tomchi dorilarning sifatini baholash usullari.
10-mavzu. Yuqori molekulali birikmalar eritmalari. Kolloid eritmalar. Himoyalangan va
yarim kolloidlar texnologiyasi
Yuqori molekulyar birikmalar ta’rifi, tasnifi. Yuqori molekulyar birikmalar eritmalarini
tayyorlashning o‘ziga xos tomonlari. Chekli va cheksiz bo‘kuvchi YUMB eritmalarini
tayyorlash. Kolloid eritmalar tushunchasi, ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Kolloid eritmalarning
xususiy texnologiyasi. Himoyalangan kolloidlar tayyorlash texnologiyasi. Yarim kolloidlar ta’rifi,
texnologiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |