Sarlavhaga oid ma’lumot, hujjat nomi


Shaxsiy EHMning tuzilishi (arxitekturasi)


Download 2.94 Mb.
bet11/56
Sana13.10.2023
Hajmi2.94 Mb.
#1701216
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56
Shaxsiy EHMning tuzilishi (arxitekturasi)
Shaxsiy elektron hisoblash mashinasi (SHEHM, yoki oddiy kompyuter) jamiyatni kompyuterlashtirish, axborotlashtirishning bosh vositasi va hisoblash texnikasining eng istiqbolli avlodi sifatida 70 – yillar oxiri va 80 – yillarning o‘rtalarida kichik EHMlar negizida vujudga keldi - yaratildi.
Shaxsiy EHM terminining kelib chiqishi jahon bozorida AQShning IBM firmasida "Personal Computer" nomli kichik EHMning yaratilishi bilan bog‘liq.
Shaxsiy EHMning dastlabki avlodlari 8-razryadli katta integral sxemali (KIS) mikrosxema, mikroprotsessor komplektlari asosida qurilgan.
Hozirgi paytda kompyuter modellari asosan 16, 32 va 64 razryadli KIS va juda katta integral sxemali (JKIS) komplektlar asosida qurilmoqda. Shaxsiy kompyuter bir vaqtning o‘zida bir shaxsning ishlashiga mo‘ljallangan bo‘lib, ommaviy ravishda foydalaniladigan va boshqa EHMlardan arzonligi, kichik sig‘imliligi, yengilligi, juda ham ishonchli ishlashi, tarkibiy qismlarini o‘zgartirish osonligi, rivojlangan muloqot vositalariga egaligi, xotira sigimi kamida 64 Kbayt bo‘lganligi kabi belgilar bilan farq qiluvchi axborotlarni qayta ishlash vositasidir.
Shaxsiy EHM asosan quyidagi qurilmalardan tashkil topadi:

  • displey (monitor),

  • klaviatura,

  • sistemali blok,

  • Monoblok (displey + sistemali blok)

Bundan tashqari qo‘shimcha qurilmalar: printer, skaner, modem, sichqoncha, plotter va boshqa qurilmalar ulanishi mumkin.


2. Kompyuterga axborotlarni kiritish qurilmalari. Axborotlarni namoyish va chop qilish qurilmalari


  • Klaviatura

  • MIDI – klaviatura

  • Veb-kamera

  • Digitayzer

  • va h.k.


Klaviatura
IBM PC klaviaturasi foidalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni kompyuterga kiritishga mo‘ljallangan qurilmadir. Tugmachalar soni va joylanishi turli xil kompyuterlarda har xil bo‘lishi mumkin, lekin ularning vazifasi o‘zgarmaydi. IBM PC klaviaturalari 2 xilda ishlab chiqariladi: kichik - 83 ta va katta - 101 ta tugmachaga ega bo‘lgan klaviaturalar. Katta klaviatura ishlashga juda qulay.
Katta harflarni hamda yuqori registrdagi belgilarni kiritish uchun [SHIFT] tugmachasidan foydalanish mumkin. Masalan, kichik "a" harfini kiritish uchun "A" tasvirlangan tugmacha bosiladi. Katta "A" harfini kiritish uchun [shift] tugmachasini bosgan holda,"A" tugmachasini bosish kerak. [Caps Lock]-tugmachasi bosh harflarda ishlashni ta’minlaydi. Bosh harfli matlarni kiritishda bu juda qulaydir. [Caps Losk] takror bosilsa, bosh harflarda ishlash rejimi bekor qilinadi.
[CAPS LOCK] rejimida [Shift] tugmachasi kichik harflar rejimini beradi.

Download 2.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling