Sarlavhaga oid ma’lumot, hujjat nomi
REJA 1.Texnik vositalarining
Download 2.94 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Operatsion tizim tushunchasi va uning turlari
- Tayanch so‘z va iboralar
REJA
1.Texnik vositalarining umumiy tasnifi. Shaxsiy kompʽyuterning arxitekturasi. Kompyuter turlari 2.Kompyuterga axborotlarni kiritish qurilmalari. Axborotlarni namoyish va chop qilish qurilmalari 3.Axborotlarni saqlash va uzatish vositalari. Multimedia, telekommunikasiya va mobil aloqa vositalari 4. Dasturiy ta’minot va uning tuzilishi. Tizimli va uskunaviy dasturiy taʽminotlar, ularning vazifalari. Amaliy dasturlar paketlari. Amaliy paketlari bilan qishloq xoʽjaligi masalalarini yechish 5.Operatsion tizim tushunchasi va uning turlari. Windows 10 operatsion tizimi, vazifalari va funksional imkoniyatlari. Windows 10 OTning foydalanuvchi interfeysi 6.Unix, Linux va Mac OC operatsion tizimlari. Kompyuterlarga xizmat koʽrsatuvchi dasturlar. Dasturiy vositalarni oʽrnatish va ularni oʽchirish .............................................................................................................................. Tayanch so‘z va iboralar: Shaxsiy kompʽyuter, texnik vositalar, multimedia, telekommunikasiya va mobil aloqa vositalari, operatsion tizim; Dasturiy interfeys; Foydalanuvchi interfeys; Amaliy dasturlar paketi; Windows NT Server; Windows NT Workstation, Windows 10 1. Axborot jarayonlari. Texnik vositalarining umumiy tasnifi. Shaxsiy kompʽyuterning arxitekturasi. Kompyuter turlariXVII asrda nemis olimlari V.Shikkard, G.Leybnits va fransuz olimi B.Paskallar arifmetik amallarni bajaruvchi dastlabki mexaniq qurilmalarni yaratdilar. Mexaniq hisoblagichlarni rivojlantirishda shuningdek russiyalik olimlar shved millatiga mansub V.T. Odner hamda P.L.Chebishevlar katta hissa qo‘shdilar. Ular yaqin davrlargacha (1980 yillargacha) keng qo‘llanib kelgan arifmometrni yaratdilar. Biroq yuqorida zikr etilgan hisoblash qurilmalari ham hisob-kitoblarni mexanizatsiyalashtira olmadi, chunki axborotlar mashinaga qo‘lda kiritilar edi. Hisoblash texnikasi taraqqiyotida angliyalik matematik Ch.Bebbidjning ishlari alohida ahamiyatga sazovordir. Uning tomonidan yaratilgan "analitik mashina" istalgan darajadagi murakkab hisoblash algoritmini bajara oladigan mashina edi. Ushbu mashinada birinchi marta zamonaviy mashinalarning asosiy bloklariga mos keluvchi qurilmalar: xotira arifmetik qurilma, kiritish-chiqarish qurilmalaridan foydalanilgan edi. Ch.Bebbidj o‘z ishlarida hozirgi zamon EHMlarining asosini tashkil etadigan hisoblashlarni dasturli boshqarish prinsipini taklif etadi. Biroq uning o‘z zamonasidan o‘zib ketgan, katta ahamiyatga molik loyiha-g‘oyalarini o‘sha davrning texnik sabablariga ko‘ra amalga oshirib bo‘lmadi. Uning ishlari o‘limidan so‘ng 1888 yilda e’lon qilindi va yuqori baholandi. 1854 yil Dj.Bul e’lon qilgan va ishlab chiqqan keyinchalik mantiqiy algebra deb nomlangan mulohazalar algebrasi EHMning yaratilishi va rivojlanish tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mantiqiy algebra hozirgi zamon EHMlari tuzilgan ko‘pchilik mantiqiy elementlarni ishlash tartibini belgilab beruvchi matematik apparat sifatida foydalaniladi. Amerikalik G.Xollerits 1890 yil aholini ro‘yxatga olish uchun ma’lumotlarni qayta ishlashni avtomatlashtiradigan mashinani yaratdi va mashinaga axborot tushuvchi sifatida perfokartadan foydalandi. 1896 yil perfokarta va perforatsion sanoq mashina ishlab chiqaradigan firmani tuzdi. Keyinchalik u hozirgi paytda zamonaviy EHMlar ishlab chiqaradigan jahondagi eng yirik IBM (International Business Mashines) firmasiga aylandi. 1937 yil AQShning Ayova shtatidagi universitet professori, bolgar millatiga mansub Dj.Atanasov bir guruh xodimlari bilan EHM yaratish ustida ishladi. Uning g‘oyasiga ko‘ra hisoblagich-arifmetik qurilma ikkilik sanoq tizimida ishlashi kerak edi. Biroq ikkinchi jaHon urushi uni nihoyasiga yetkazishga imkoniyat bermadi. Dj.Atanasov bilan bir vaqtda Garvard universitetida G.Aykin releli elektromexanik mashina loyihasini yaratdi. Mashina IBM firmasida 1944 yil ishlab chiqildi va Mark-1 deb ataldi. Germaniyalik olim Zyus esa Zyus-2 va Zyus-3 elektromexaniq mashinani yaratgan. Zamonaviy EHMlar uchun programmali boshqarish prinsipi bilan bir qatorda xotirada programmani saqlash qonun-qoidalari ham eng muhim omil hisoblanadi. Ushbu prinsip va EHMda ikkilik sanoq tizimidan foydalanish bo‘yicha qator g‘oyalar amerika-lik taniqli matematik olim Djon Fon Neyman tomonidan 1945 yilda ilgari surilgan edi. Birinchi EHM ENIAC 1945 yil D.Ekkert va D.Mouchli tomonidan AQShning Pensilvaniya universitetida yaratildi. Programmani xotirada saqlash prinsipi birinchi marta EDVAC EHMida 1949 yil Buyuk Britaniyada qurilgan mashinada qo‘llanildi. Keyingi yillarda dunyoda millionlab EHMning turli modellari ishlab chiqildi va foydalanildi. Kompyuter (EHM) qo‘llanilmayotgan inson faoliyatini biror-bir qirrasini topish qiyin. EHMlarning soni, turlari, imkoniyatlarining rivojlanishi bilan birga, ularning texnik va programma ta’minotlari ham muntazam ravishda takomillashtirilib borildi. Element bazasi, markaziy protsessor, operativ xotira, texnik tafsilotlari va arxitekturasining murakkabligiga ko‘ra EHMni avlodlarga bo‘lish qabul qilingan. Hozirgi paytda EHMning 4 avlodi mavjud bo‘lib, 5-avlod mashinalarini loyihalash ishlari jadal olib borilmoqda. Birinchi avlod EHMlari (1950-1960 yy) elektron (radio) lampali elementlar asosida yaratilgan bo‘lib tezkorligi sekundiga 10-20 ming amalni tashkil qilar edi. Ularni o‘lchami, massasi va elektr energiyasiga hamda xizmatchi injener-texnik, operator, programmachilar soniga talabi juda katta, xotira sig‘imi cheklangan, to‘g‘ri ishlashiga ishonch kamroq edi. Respublikamizda foydalanilgan, birinchi avlod EHMlariga M-3, Minsk-1, Minsk-12, Minsk-14, BESM-2, "Strela", M-20, "Ural-1" kabilarni misol keltirish mumkin. Ikkinchi avlod EHMlarining (1960-1970 yy) lampa o‘rnida yarim o‘tkazgichli diodlar va tranzistorlardan iborat elementlar bazasida yaratilishi tegishli EHMlar o‘lchamlarini, massasini, iste’mol quvvatini kamaytirish bilan birga ularning amallarni bajarish tezkorligini, ishonchliligini oshirdi. Xotira sig‘imi va kiritish-chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish hamda rivojlangan-takomillashgan programma ta’minotiga ega bo‘lishini ta’minladi. Bunday EHMlarning ikkinchi avlodiga quyidagi mashinalarni misol keltirish mumkin: Minsk-22, Minsk-32, Ural-14, Razdan-3, M-220, BESM-6, Mir, Nairi va boshqalar. Ushbu mashinalar texnik jihatdan takomillashtirildi. Ularda masalalarni program-malashtirishdek o‘ta mehnattalab jarayonlarni amalga oshiruvchi matematik – programma tuzuvchilar mehnatini jiddiy kamaytirish imkoniya-tini yaratuvchi avtomatik programmalashtirish ham takomillashtirilib borildi - algoritmik tillar qo‘llanila boshlandi. Uchinchi avlod EHMlarning (1970-1980 yy) element bazasini integral sxemalar (IS) tashkil etadi. IS funksional tugallangan blokdan iborat bo‘lib, o‘zining mantiqiy imkoniyatlari bilan ancha murakkab tranzistorli sxemaga ekvivalentdir. Integral sxemalarni ishlatish tufayli mashinalarning texnik va ekspluatatsion harakteristikalarini bir qadar yaxshilashga erishish mumkin bo‘ldi. Jumladan, uchinchi avlod EHMlarining tezkorligi, xotira sig‘imi,ishonchlilik darajasi ahamiyatli darajada oshganligi hamda elektr quvvatini iste’mol qilish hajmi, massasi, o‘lchami kamayganligi o‘ta muhimdir. Ushbu avlod EHMlari konstruksiya jihatidan namunali modullardan tashkil topgan bo‘lib, ular elementlarning juda zich joylashtirilishini, turli xalaqitlardan himoya qili-nishini hamda mexanik va iqlimiy ta’sirlarga nisbatan chidamli bo‘lishini ta’minlaydi. EHMlarning matematik ta’minoti yanada takomillashtirildi va mashinani samarali ishlashini ta’minlaydigan operatsion tizimlar keng qo‘llanila boshlandi. Bunday mashinalarga kichik tizimli (SM) va yagona tizimli (YES) EHM oilalarini keltirish mumkin. Shaxsiy EHMlardan tortib o‘ta tezkor super EHM laru – hisoblash tizimlarining uzundan-uzun ro‘yxatini tashkil etgan to‘rtinchi avlod mashina – larining yaratilishi hisoblash texnikasi taraqqiyotida katta ahamiyatga molik bo‘lgan yana bir ulkan qadam bo‘ldi. Ushbu avlod mashinalarining texnologik asosi katta integral sxemalar (KIS) va juda katta integral sxema (JKIS) li elementlarni qo‘llashga asoslangan bo‘lib, ulardagi birgina yarim o‘tkazgichli kristalda imkoniyatlari bo‘yicha oddiy ISlarga ekvivalent bo‘lgan bir necha yuz sxemalar joylashtiriladi. KISlarning integratsiyasi yuqori darajada bo‘lishi elektron apparatlarni joylashtirish zichligini yanada oshirishga, uning ishon-chligini, tezkorligini orttirishga, narxini arzonlashtirishga imkon beradi. Ularda rivojlangan operatsion tizimlar ishlatila boshlandi. Real vaqt doirasida masalalarni yechish imkoniyati yaratildi. Hozirgi paytda 90-yillarning oxirlari va XXI asrning dastlabki o‘n yilliklarida ishlab chiqiladigan va foydalaniladigan hisoblash quvvati va ishlatilishi imkoniyatlari bo‘yicha tengi bo‘lmagan EHMlarning beshinchi avlodini loyihalash ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda. Xulosa qilib aytganda, beshinchi avlod EHMlari jamiyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Eng avvalo insonni intelektual imkoniyatini kengaytiruvchi vosita sifatida muhim ahamiyat kasb etadi va barcha faoliyat sohalarida mehnat unumdorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Download 2.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling