Sarlavhaga oid ma’lumot, hujjat nomi


Axborot o‘lchov birliklari


Download 2.94 Mb.
bet6/56
Sana13.10.2023
Hajmi2.94 Mb.
#1701216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Axborot o‘lchov birliklari
Uzunlik, massa, vaqt va boshqalarni oʽlchash uchun asbob va oʽlchash usullari oʽylab topilgan. Ma’lumotdagi axborot miqdorini qanday bilish mumkin?
Ikkilik ma’lumotlar uchun bunday sonli o‘lchov sifatida ma’lumotdagi bitlar sonidan foydalaniladi. Ushbu miqdor ma’lumotning axborot hajmi deb ataladi.
Ikkilik ma’lumotlarda axborotning miqdorini ulchash uchun bit va baytlardan tashqari quyidagi kattaroq birliklardan ham foydalaniladi:
1 k bit = 1024 bit.
1 M bit =1024 Kbit
1 G bit = 1024 Mbit
1 K bayt =1024 bayt
1 M bayt =1024 Kbayt
1 G bayt =1024M bayt
1 T bayt = 1024 Gbayt
Sanoq sistemasi tushunchasi va ularning turlari
Sonlarni tasvirlashda ishlatiladigan belgilar va qoidalar to‘plamiga sanoq tizimi deb ataladi. Amaliyotda ikki xil, yani pozitsion va nopozitsion sanoq tizimlari qo‘llaniladi. Sonlarning qiymati undagi raqamlarining sonda joylashgan o‘rniga qarab belgilanadigan sanoq tizimi pozitsion sanoq tizimi deb ataladi. Masalan, o‘nlik sanoq tizimida o‘nta 0,1,2,...9 raqamlaridan foydalaniladi va 323,233,332 sonlarini tasvirlanishida 2 va 3 raqamlaridan foydalanilsada bu sonlarning qiymati turlichadir. Raqamlarning qiymati ularni sonda joylashgan o‘rniga bog‘liq bo‘lmasa, bunday sanoq tizimi nopozitsion sanoq tizimi deyiladi. Masalan, Rim sanoq tizimi nopozitsion sanoq tizimiga misol bo‘la oladi. Misol uchun, 88 soni bu tizimda quyidagicha yoziladi XXXVIII, ya’ni tegishli belgi sonni qanday pozitsiyasi (o‘rni) da turishidan qat’iy nazar har doim bir xil qiymatni ifoda etadi. Ushbu sanoq tizimi hozirgi paytda turli tarixiy sanalarni yozishda, kitob boblarini, soat raqamlarini belgilashda qo‘llaniladi.
Pozitsion sanoq tizimining nopozitsion sanoq tizimidan qulaylik tomoni shundaki, unda katta sonlarni qisqa qilib yozish mumkin. Pozitsion sanoq tizimida istalgan son raqamlar ketma-ketligida yoziladi, butun va kasr qismi vergul bilan ajratiladi. O‘z navbatida pozitsion sanoq tizimi ham turli sanoq tizimlariga bo‘linadi va ulardan ayrimlari hisoblash texnikalarida keng qo‘llaniladi.
Pozitsion sanoq tizimida sonni yozish uchun qo‘llaniladigan turli raqamlarning soni -sanoq tizimining asosi deb aytiladi va aksincha sanoq tizimini asosi shu sanoq tizimida qatnashadigan raqamlar sonini bildiradi. Biroq, hech bir sanoq tizimda uning asosi ga teng bo‘lgan raqam ( ) qatnashmaydi, ya’ni doimo quyidagi tengsizlikning bajarilishi shartdir:
(1)
bu yerda :
agar d = 2 bo‘lsa, Ai =0;1 bo‘lishi mumkin;
agar d = 3 bo‘lsa, Ai = 0,1,2 bo‘lishi mumkin;
agar d = 10 bo‘lsa, Ai = 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 bo‘lishi mumkin;
agar d = 16 bo‘lsa, Ai = 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9,A,B,C, D,E,F bo‘lishi mumkin.
Umumiy holda pozitsion sanoq tizimda p-asosli istalgan A sonni darajali qatorning yig‘indisi ko‘rinishida quyidagicha tasvirlash mumkin:
Ad=An dn+An-1 dn-1 +...+A1 d1 +A0 d0 +A-1 d-1 +... (2)
bu yerda:
d - sanoq tizimining asosi;
m - son razryadining nomeri;
An - i-nchi razryadda turuvchi koeffitsiyent (raqam);
A - sonini (2) ga mos keluvchi ko‘rinishdagi qisqartirilgan yozuvini raqamlar ketma-ketligi ko‘rinishida quyidagicha yozish qabul qilingan:
Ad =An An-1 ...A1 A0,A-1 ...A-n (3)
Mashinada o’nli songa nisbatan ikkilik sonini tasvirlashuchun ko’proq sonli razryad talab etiladi. Shunga qaramasdan ikkilik tizimini qoʽllash EHMni loyihalash va ishlatish uchun ko’proq qulaylik tug‘diradi, chunki mashinada ikkilik sonini tasvirlash uchun istalgan sodda faqat ikki turg’un holatdan birini ifodalovchi trigger sxemasi kabi elementlar foydalanilishi mumkin. Ikkilik tizimini boshqa afzalligiga uning ikkilik arifmetikasining soddaligini aytish kifoyadir.

Download 2.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling