Sarlavhaga oid ma’lumot, hujjat nomi


Download 2.94 Mb.
bet13/56
Sana13.10.2023
Hajmi2.94 Mb.
#1701216
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56
O‘quvchi qurilma (skaner). Bu qurilmalardan maxsus dasturlar yordamida tasvirli va saxifali axborotlarni kompyuterga tezrok kiritish uchun qo‘llaniladi.

Monitor
Shaxsiy kompyuterning monitori(displey) ekranga matnli va grafikli ma’lumotlarni chiqarish uchun xizmat qiladi. Bunda ekran nuqtalar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Masalan, 640x200 imkoniyatli monitor ekranda gorizontaliga 640 va vertikaliga 200 nuqtani tasvirlaydi. Nuqtalar soni oshishi bilan tasvir sifati oshadi.
Quyidagi keng tarqalgan monitor turlari tafsilotlarini keltiramiz:

  1. MDA - oq-qora, matnli - 80x20,2 ta rang, grafikli - 640-200, 2 ta rang

  2. CGA - rangli, matnli 80x25, 16ta rang, 320x200, 4ta rang, grafikli - 640x200, 2ta rang

  3. Hercules - oq-qora, matnli - 80x25 2ta rang, grafikli - 720x348 2 ta rang

  4. EGA - rangli, matnli - 80x25; 16ta rang, 80x43; 16ta rang, grafikli - 640x350; 16 ta rang

  5. VGA - rangli, matnli - 80x25, 16ta rang, grafikli - 640x480, 16ta rang

  6. SVGA - rangli, matnli - 80x25, 16ta rang, grafikli - 800x600, 16 ta rang

Printerlar
Printer - ma’lumotlarni qog‘ozga chiqaruvchi qurilma.
Barcha printerlar matnli ma’lumotni, ko‘pchiligi esa rasm va grafiklarni ham qog‘ozga chiqaradi. Rangli tasvirlarni chiqaruvchi maxsus printerlar ham bor.
Printerlarning quyidagi turlari mavjud: ignali, siyohli va lazerli.
Ignali printerlar tezligi bir bet uchun 10 sekunddan 60 sekundgacha.
Siyohli printer sifati lazerli printerga yaqin va narxi ham arzon.
Siyohli printer shovqinsiz ishlaydi. Shuning uchun hozirgi kunda ko‘pchilik undan foydalanayapti. Tezligi bir bet uchun 15 dan 100 sekundgacha.
Lazerli printerlar bosmaxona sifat darajasiga yaqin sifatli yozuvni ta’minlaydi. U ishlash nuqtai nazaridan nusxa ko‘chiruvchi kseroksga yaqin, bunda faqat bosuvchi baraban kompyuter komandasi yordamida elektrlanadi. Bo‘yoq donachalari zarblanib barabanga yopishadi va tasvir hosil bo‘ladi.
Tezligi bir bet matn uchun 3 dan 15 sekundgacha. Rasm uchun ko‘proq, katta rasmlar uchun 3 minutgacha vaqt talab qiladi.
Plotterlar. Bu qurilmalardan keng o‘lchamli belgi, sahifa, jadval, chizma va tasvirlarni bir xil rang va rangli bosmadan chiqarishda qo‘llaniladi. Yuqorida ko‘rib utgan qurilmalarimizga nisbatan bosma tezligi pastroq.


Download 2.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling