Sarlavhaga oid ma’lumot, hujjat nomi


Ma’lumotlarni saqlash qurilmalari


Download 2.94 Mb.
bet15/56
Sana13.10.2023
Hajmi2.94 Mb.
#1701216
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56
Ma’lumotlarni saqlash qurilmalari

  • Disketa - 1,4 Mb

  • Kompakt – disk – 190-700 Mb

  • DVD - 4,7 Gb dan

  • Flash – 32Mbdan-1Tb

  • CompactFlash – 512 Mb – cho’ntak kompyuterlarda qo‘llaniladigan xotira

  • MicroDrive – 5 Gb - cho’ntak kompyuterlarda qo‘llaniladigan xotira

  • Qo‘l (mobil) vinchester – 60-80 Gb

  • ZIV saqlovchi – 10-100 Gb

Qattiq disk
Qattiq magnit disk kompyuterda ishlanadigan programmalar va ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun qo‘llaniladi. Ular operatsion sistema programmalari, tahrirlagichlar, programmalash sistemalari, amaliy programmalar, ma’lumotlar va h.k. Qattiq disklarning hajmi turlicha bo‘ladi: IBM PC XT da-20 Mbayt, IBM PC ATda 40Mbayt, 80386SX, 80386DX, 80486SX mikroprotsessorli kompyuterlarda - 110-120 Mbaytgacha, 80486DX da 120-540, 640, 850 Mbaytgacha. Murakkab ishlar uchun, katta hajmli ma’lumotlar uchun 1-2 Terabaytli va bundan yuqori hajmdagi qattiq disklar mavjud. Zarur holda qattiq diskni kattaroq hajmdagisiga almashtirish yoki bir necha diskdan foydalanish mumkin.
CD-ROM-qurilma – qattiq yigʽgich (vinchester), aylana, kabi kompakt-aylanalar yordamida axborot saqlashga imkon beradi. Kompakt-disk CD-ROM-qurilmaga joylanadi. CD-ROM-qurilmani ikki turi mavjud: o’qish va axborotlarni yozish uchun. Agar shaxsiy kompyuteringizga oddiy CD-ROM-qurilmani o‘rnatgan bo‘lsangiz, siz faqatgina kompakt-aylanalardan qattiq aylana (vinchester)ga axborotlarni ko‘chirib olishingiz mumkin, aksincha esa imkoniyati mavjud emas. Yozuvchi CD(DVD)-RW-qurilmani o‘rnatgan bo‘lsangiz, axborotlarni qattiq disk (vinchester)dan kompakt diskka yozib olishingiz ham mumkin. Buning uchun maxsus dasturlar (Nero, BurnAware kabi) o‘rnatilgan bo‘lishi shart.
Operativ xotira.
Xotira – bu axborotlarni saqlovchi qurilma, IMS (integral mikrosxemalar) yordamida amalga oshiriladi. Asosan xotira tezkor va doimiy xotiralarga ajratiladi.
Tezkor xotira protsessorning ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan axborotlarni saqlash uchun zarur (bajarilayotgan dastur va shu soniyada kerak boʽlgan axborotlarni). Juda yuqori tezlikka ega bo‘lib, manbadan uzilgandan soʽng bor axborot oʽchib ketadi.
Uzoq vaqtli xotira asosan tashki qurilmalarda mavjud. Ular yuqori kirish tezligiga va katta axborotlar qabul qilish hajmiga ega bo‘lib, o‘lchamlari tez xotiraga nisbatan ancha ixchamlashtirilgan ko‘rinishda bo‘ladi.
Xotiralar quyidagi ko‘rinishlarga boʽlinadi:

  1. RAM (random access memory). Energomanbaga bog‘liq xotira, axborotlarni ukish va yozish uchun barcha uyachalariga kirish imkoni bor.

    1. Statik (SRAM)

    2. Dinamik (DRAM)

  2. ROM (read only memory). Energomanbaga bog‘liq xotira, faqat axborotlarni oʽqish uchun barcha uyachalariga kirish imkoni bor. Yozish uchun esa maxsus qurilmalar talab etiladi.

  3. Flesh xotira – yangi xotira ko‘rinishi bo‘lib, amalda ROM xotiralar o‘rnini egallab bormoqda. Bu xotira bor axborotlarni manbadan uchrilgandan keyin ham saqlash imkoniga ega. Yordamchi qurilmalar yordamisiz qayta yozish imkoniyatiga egadir. Bu xossasi BIOS dasturini doimo yangilashga imkon beradi.

  4. Kesh (cache) xotira – tizimlarning ishlash quvvatini oshirishga moʽljallangan: sekin ishlaydigan qurilmalarni juda tez ishlovchi qurimalar bilan mos ravishda ishlashini ta’minlaydi, misol uchun mikroprotsessor va dinamik xotirani. Dinamik xotira qurilmasini elementlarining ish tezligi mikroprotsessor elementlarining ish quvvatiga nisbatan pastligini inobatga olsak, ish davomida kesh xotirani qoʽllash mikorprotsessorni ishsiz bekor turib qolish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi va tula quvvat bilan ishlashga sharoit yaratib beradi, hamda

    1. ichki

    2. tashqi

bo‘ladi.
Sistemali blokdagi portlar
Parallel port (LPT)- printer, skaner va boshqa tashki xotira qurilmalarini ulash uchun xizmat qiladi.
Ketma-ketli port (COM) - sichqoncha, klaviatura qurilmalarini ulash uchun xizmat qiladi.
Port PS/2 - sichqoncha, klaviatura qurilmalarini ulash uchun xizmat qiladi.
Port USB (Universial Serial Bus)– har xil ko‘rinishdagi portlarni yagona standartga keltirish uchun ishlab chiqilgan. Tezlik jihatidan juda qulay port, tezligi 12Mbit\sek.
IEEE 1394 (FireWire)- 2003 yildan boshlab ishlab chiqilgan bo‘lib, tashqi qurilmalarni juda katta tezlikda ulash uchun xizmat qiladi.
Veb-kamera
Ushbu qurilma orqali yuqoir sifatli va kichik hajmdagi video ma’lumot kompyuterga kirtiladi va bevosita Internet orqali uzatilishi mumkin bo‘ladi.

Download 2.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling