Savodxon” To`garagining yillik ish reja va ishlanmalari


III.O`tilgan mavzu yuzasidan savol- javob o``tkaziladi


Download 1.2 Mb.
bet4/8
Sana27.02.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1234400
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-sinf OO\'S to\'garak 33 soat

III.O`tilgan mavzu yuzasidan savol- javob o``tkaziladi.

1. Ahmadjon portfelidan nimani qidirdi?


2. Ruchkalar qayerga sakramoqchi bo‘ldilar?
3. Ruchkangiz siz haqingizda qanday fikrda deb o‘ylaysiz?


IV.Mashg`ulotda faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
MMIBDO``:_______________________________


11-mavzu: AJOYIB DO‘STLIK
Mashg`ulotning maqsadi:
a)ta`limiy: yangi mavzuni tanishtirish va o‘quvchining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish.
b)tarbiyaviy: o’quvchilarning o’zaro hurmat, bir-biriga yordam berish, ahillik xislatlarini tarbiyalash.
c)rivojlantiruvchi: Birinchi sinf darajasiga mos badiiy matnni tinglash jarayonida qahramonlar, voqea sodir bo‘lish payti va joyi, tafsilotlar, muammo va yechimlarni tasvirlash uchun sodda xulosa chiqarish va javobini asoslab berish va o’qish ko’nikmalarini rivojlantirish;
Mashg`ulotning turi: Mustahkamlovchi
Mashg`ulotning metodi: suhbat, savol- javob, interfaol metodlar.
Mashg`ulotning jihozi:Mashg`ulot mavzusiga mos ko`rgazmalar.


Mashg`ulotning borishi.


I. Tashkiliy qism. O‘quvchilar bilan salomlashib, davomatni aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
O‘tgan darsda o’rganilgan bo’g’in va so’zlarni o’quvchilarga navbat bilan o’qitiladi :
1) ne-ga 2) te-rak 3) be-mor 4) ke-rak
5) ye-mak 6) de-di 7) Er-kin 8) men
III. Yangi mavzu bayoni:Yangi mavzu sinf doskasiga yoziladi
O‘quvchilarga matnni o‘qishingizni va bu matnda yangi so‘zlar borligini ayting. Birinchi so‘zni ayting.
O‘quvchilar uni takrorlaydi So‘zning sodda va tushunarli tavsifini bering. O‘quvchilar uni takrorlaydi.
1) urinmoq – harakat qilmoq
2) ahil-inoq – totuv, birdam
Yangi so‘zlar ishtirokida misollar keltiring. Ikkinchi so‘zni o‘rgatish uchun o‘quvchilar bilan birga misollar keltiring.
Matnni ifodali qilib o‘qib bering. O‘qish jarayonida to‘xtab-to‘xtab bolalarga savollar bering:
AJOYIB DO‘STLIK
Mitti xonqizi birinchi marotaba qanotlari ochilib uchdi.
– Men uchyapman! – dedi xursand bo‘lib. Xonqizi nimagadir urilib, pastga tushdi. Qancha
urinmasin, tura olmadi.
Yordam beringlar, iltimos, – deya oyoqchalarini tipirchilatdi. Shu payt kimdir turishiga yordam bera
boshladi. Xonqizi kulib turgan asalarini ko‘rdi.
– Rahmat senga!
Arzimaydi, do‘stim, – dedi asalari.
Ular do‘stlashib ketishdi. Bir kuni asalari ko‘lmak suvga tushib qoldi. Asalarining qanotlari ho‘l bo‘lib,
chiqa olmadi. Xonqizi tezda bir tayoqcha olib keldi. Asalari tayoqchani ushlay olmadi. To‘r to‘qiyotgan – Mana bu tola bilan tortib ko‘r-chi, – deb xonqiziga tolasidan berdi.
U o‘rgimchakka qo‘rqib qaradi.
– Qo‘rqma, yomon niyatim yo‘q. Hamma meni yomon deb o‘ylaydi. Ammo men ham yaxshilik qila
olaman, – dedi o‘rgimchak. Xonqizi tolani oldi. Asalariga tashladi, u ilib oldi.
Xonqizi va o‘rgimchak bor kuchini ishga solib, ipni torta boshladilar. Amallab asalarini suv chetiga olib chiqdilar. Shunday qilib, do‘stlar safi kengaydi. Uchta do‘st quvnoq qo‘shiq aytishib, inoqlikda hammaga namuna bo‘lishdi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling