Savodxon” To`garagining yillik ish reja va ishlanmalari


) savodsiz – o‘qish-yozishni bilmaydigan, savodi yo‘q


Download 1.2 Mb.
bet6/8
Sana27.02.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1234400
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-sinf OO\'S to\'garak 33 soat

2) savodsiz – o‘qish-yozishni bilmaydigan, savodi yo‘q

Yangi so‘zlar ishtirokida misollar keltiring. Ikkinchi so‘zni o‘rgatish uchun o‘quvchilar bilan birga misollar keltiring.


Matnni ifodali qilib o‘qib bering. O‘qish jarayonida to‘xtab-to‘xtab bolalarga savollar bering:
SEHRGAR AYIQCHA
Ayiqcha o‘qishni istamasdi. O‘qish u uchun juda zerikarli mashg‘ulot edi. Bir kuni ayiqcha sehrli
tayoqcha topib oldi. Shundan so‘ng u sehrgarga aylandi.
– Hey chumchuqlar, men sehrgarman. Sizlarga nima kerak? – dedi daraxt shoxida tizilib turgan
chumchuqlarga qarab.
– Bizga ko‘p ovqat kerak, – dedi chumchuqlar.
Ayiqcha sehrli tayoqchasini silkitdi.
– Bu nima? Chumchuqlar makka bilan oziqlanmaydi. Chumchuqlarning nima yeyishini bilmasang, qanday
sehrgarsan? – chug‘urlashdi chumchuqlar.
Ayiqcha bu so‘zlarni e’tiborsiz qoldirib:
– Men boshqa mo‘jizalar ham yarata olaman, – dedi.
U sichqonchani ko‘rib qoldi.
– Hey sichqoncha, sen nima xohlaysan? – dedi.
– Menga yaxshi do‘st topib ber, chiy-chiy Ayiqcha tayoqchasini silkitdi. Sichqonning yonida kattagina mushuk paydo bo‘ldi.
– Voy-voy, nima qilganing bu?! Men mushukdan qo‘rqaman-ku, – dedi qo‘rquvdan dag‘-dag‘ titrab
sichqoncha.
– Men mushuklar hammaga do‘st bo‘la oladi, deb o‘ylabman, – dedi uyalib ayiqcha.
Shundan keyin ayiqcha sehrgarlarga ham bilim kerak ekan-da, degan xulosaga kelibdi
IV.O`tilgan mavzu yuzasidan savol- javob o``tkaziladi.
1. Ayiqcha nima topib oldi?
2. Nima uchun chumchuqlar va sichqoncha ayiqchadan norozi bo‘lishdi?
3. Sizningcha, nima uchun ayiqcha barchaga bilim kerak ekan, degan qarorga keldi?
V.Mashg`ulotda faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
MMIBDO``:_______________________________
.
Sana:________________


24-mavzu: ZAHARLI EMAS EKAN


Mashg`ulotning maqsadi:
a)ta`limiy: yangi mavzuni tanishtirish va o‘quvchining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish.
b)tarbiyaviy: o’quvchilarning ziyraklik, dovyuraklik tuyg’ularini tarbiyalash
c)rivojlantiruvchi: Birinchi sinf darajasiga mos badiiy matnni tinglash jarayonida qahramonlar, voqea sodir bo‘lish payti va joyi, tafsilotlar, muammo va yechimlarni tasvirlash uchun sodda xulosa chiqarish va javobini asoslab berish va o’qish ko’nikmalarini rivojlantirish;

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling