Savodxon” To`garagining yillik ish reja va ishlanmalari


Download 1.2 Mb.
bet7/8
Sana27.02.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1234400
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-sinf OO\'S to\'garak 33 soat

Mashg`ulotning turi: Mustahkamlovchi
Mashg`ulotning metodi: suhbat, savol- javob, interfaol metodlar.
Mashg`ulotning jihozi:Mashg`ulot mavzusiga mos ko`rgazmalar.


Mashg`ulotning borishi.


I. Tashkiliy qism. O‘quvchilar bilan salomlashib, davomatni aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
O‘tgan darsda o’rganilgan bo’g’in va so’zlarni, matnni o’quvchilarga navbat bilan o’qitiladi :
ll - al - alloma yy - yor - tayyor tt - ta – katta ff - fo - musaffo qq - qat - mashaqqat ll - li – balli


QOG‘OZ QANDAY PAYDO BO‘LGAN?

– Salom! Meni tanidingizmi? Albatta, men qog‘ozman. Vatanim – Xitoy. Meni ixtiro qilishlaridan avval xitoyliklar bambuk tayoqchalariga yozishgan. Lekin bu juda noqulay bo‘lgan. Bitta “Bambukli kitob”ni ko‘tarib yurish uchun butun boshli arava kerak bo‘lgan. Yana xitoyliklar pillani qaynatib, shoyi qog‘ozlar tayyorlashgan. Biroq bu juda qimmatga tushgan. Bunday usullarni faqat xitoyliklar bilishgan va hammadan sir saqlashgan.




III. Yangi mavzu bayoni:Yangi mavzu sinf doskasiga yoziladi

O‘quvchilarga matnni o‘qishingizni va bu matnda yangi so‘zlar borligini ayting. Birinchi so‘zni ayting.


O‘quvchilar uni takrorlaydi So‘zning sodda va tushunarli tavsifini bering. O‘quvchilar uni takrorlaydi.
1) qirol – podshoh, davlat boshlig‘i
2) xalq – odamlar jamoasi
3) tomorqa – hovlidagi ekinlar ekiladigan yer bo‘lagi
Yangi so‘zlar ishtirokida misollar keltiring. Ikkinchi so‘zni o‘rgatish uchun o‘quvchilar bilan birga misollar keltiring.
Matnni ifodali qilib o‘qib bering. O‘qish jarayonida to‘xtab-to‘xtab bolalarga savollar bering:


ZAHARLI EMAS EKAN
Qadim zamonlarda bir qirol bo‘lgan ekan. U bog‘iga mevasi dumaloq shaklli o‘simliklarni ektiribdi. Har kuni bu o‘simliklarning sariq va qizil mevalarini tomosha qilar edi. Qirol bu ajoyib o‘simlikka “oltin olmalar” deb nom berdi. U juda ham ishtaha ochuvchi bo‘lib ko‘rinardi. Lekin uni yeyish taqiqlangan. Yillar o‘tib, bu o‘simlikning zaharli emasligini isbotlamoqchi bo‘ldilar. Ammo bunga hech kim ishonmadi. Shunda bir harbiy olim “oltin olmalar”ning bir savatini xalq oldida yeyishini e’lon qildi. Maydonga minglab odamlar yig‘ildi. Olim bir savat “oltin olmalar”ni yedi. Atrofdagilar olimga hech narsa qilmaganini ko‘rib, hayratga tushdilar. Chunki ular olim shu zahotiyoq zaharlanadi, deb o‘ylagandilar. Shu voqeadan so‘ng odamlar tomorqalariga bu o‘simlikni eka boshladilar. Hattoki u ko‘pchilikning eng sevimli mahsulotiga aylandi. Uni taomlarga qo‘shib tayyorlash yoki xomligicha iste’mol qilish mumkin edi. Ayting-chi, bolajonlar, sizga tanish bo‘lgan bu o‘simlikning nomi nima?.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling