savol: o‘zbek adabiyoti tarixining ta bosqich


Lutfiy g’azallarida istiora san’ati


Download 3.35 Mb.
bet25/27
Sana16.08.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1667552
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
adabiyot tarixi

172Lutfiy g’azallarida istiora san’ati

Alloh o‘zi yaratgan mavjudot va maxluqotlar orasida insonni eng mo‘tabar pog‘onaga ko‘tardi. Unga o‘z nurini berdi. Inson shuning uchun ham azizdir. U husn bobida ham “mazhari sun’i ilohdir”. Lutfiyning quyidagi baytida shu mazmunga ishora qiluvchi teran bir fikr o‘zining go‘zal badiiy ifodasini topgan:
 
Ulki husn etti bahona elni shaydo qilg‘ali,
Ko‘zgudek qildi seni o‘zini paydo qilg‘ali.
 
Lutfiy g‘azallari markazida turgan qahramon hayotining Alloh in’om etgan barcha go‘zalliklari-yu, ne’matlaridan bahramandlik tuyg‘usi bilan yashaydi. “Bari aysh birla kechsa kerak ushbu umri foni”, deb xitob qiladi. Shoir lirik qahramonini navbahor kelishi bilan chamanlarning gurkirab ketishi, gul faslining tarovati maftun etadi. U shu chamanda “sarviqad guli xandoni”ni izlaydi.
 
Yoz bo‘ldi, kerak ul buti ayyor topilsa,
Barcha topilur, bizga kerak yor topilsa.
Men kezguchi qulnung tururin siz ne so‘rarsiz!
Istang meni ul yerdaki, dildor topilsa.
Istiora (arabchadan „qarzga olish“) yoki metafora (yunonchadan „koʻchirish“) — asarlarda soʻzni oʻz maʼnosidan boshqa bir maʼnoda, yaʼni majoziy maʼnoda qoʻllash sanʼati. Bu sanʼat soʻz maʼnolari koʻchishining bir turi boʻlib, u narsa va hodisalar oʻrtasidagi oʻxshashlikka asoslanadi. Shu jihatdan istiora tashbih sanʼatiga yaqin turadi. U koʻpincha tashbihi kinoyaga, yaʼni mushabbihi tushirilgan tashbihga teng keladi. Adabiyotshunoslikda istiora tashbihdan kuchli sanaladi.
Istiora — badiiy tasvir vositasi, koʻchim. Istiora 2 narsa oʻrtasidagi oʻxshashlikka asoslanadi. U oʻxshatilgan va oʻxshagan unsurlardangina tashkil topadi. Mas, sarv qomat, ohu koʻz. Istiorada sher, yoʻlbars va boshqa kuchli, jasoratli hayvonlarga xos ayrim xususiyatlar, oq, qora sifatlaridagi yaxshilik, yomonlik maʼnolari insonlarning ayrim hislatlarini taʼkidlab koʻrsatish uchun koʻchiriladi (sher yurak, oq koʻngil, qora qalb va hokazo).
Istiora badiiy asarlarda aks etayotgan narsa, voqea, hodisalarning aniq, ravshan gavdalanib turishida, obrazlar tavsiflarining yorqin berilishida, asar joziba kuchining oshishida nihoyatda muhim oʻrin tutadi. Istioraning 2 turi mavjud: 1) ochiq istiora. Masalan, „Mening qoʻlim yetmagan yulduz, Tushlarimda seni koʻrgayman“ (Abdulla Oripov). Bunda sevimli yor — maʼshuqa „yulduz“ga oʻxshatilgan. Oʻxshagan tushirib qoldirilgan, oʻrniga oʻxshatilgani berilgan; 2) yopiq istiora. Masalan, „Qolgan soʻzlar tutqizmadi oʻz baridan“ (F. Fylom). Bunda „soʻzlar“ odamga oʻxshatilgan. Oʻxshatilgan tushirib qoldirilgan va oʻxshagan berilgan.


Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling