savol: o‘zbek adabiyoti tarixining ta bosqich
Download 3.35 Mb.
|
adabiyot tarixi
MisollarKeldi ochilur chogʻi oʻzliging namoyon qil, Parchalab kishanlarni har tomon parishon qil. Sheryurakli bu Lochin Qoqib qanot-qulochin, Quzgʻunlardan asradi Elning xotin-xalajin. 173Lutfiy g’azallarida lafziy san’atlar Lutfiy gʻazallari aruzning rang-barang tarmoqlarida yozilgan va ular aksar hollarda hajm jihatidan juda ixchamdir. U oʻz gʻazallarida aruzning xalq qoʻshiqlariga yaqin turgan ohangdor, oʻynoqi oʻlchovlarini tanlaydi. Lutfiy sheʼrlarida xalq urf-odatlari, marosim lavhalarini tez-tez uchratish mumkin. Lutfiy oʻz lirikasida xalqning jonli soʻzlashuv tilidagi erkalash, yupatish, qargʻish, istehzo, qochiriq iboralaridan mahorat bilan foydalaniladi. Maʼshuqning jabru sitamlaridan koʻngli ozurda boʻlgan oshiq ich-ichidan zorlanib aytadi: Lutfiyni kim qargʻadi: “Yo rab, balogʻa uchra!” deb Kim, seningtek tosh bagʻirliq dilrabogʻa uchradi. Lutfiyning nazmiyatda xalq maqollaridan istifoda etish bobidagi sanʼatkorligi ayniqsa yuksaqdir. Uning ruboiy, qitʼa, tuyuq va fardlarida kishi ruhiy olamining rang barang lahzalari, axloq-odob mavzularining talqinlari asosiy oʻrin tutadi.Shoirning toʻrtliklari haqida soʻz borar ekan, uning tuyuqlari alohida diqqatga sazovor. Koʻproq turkiy tiddagi sheʼriyatga taalukli tajnisli (zulmaʼniayn) soʻzlar vositasida tuyuq yaratish sanʼati Lutfiy sheʼriyatida yorqin ifodalangan deb aytish mumkin. Uning devonidan oʻrin olgan koʻplab tuyuqlardagi nafis maʼno tovlanishlari kitobxonni ona tilining boy imkoniyatlari qatlamlariga olib kiradi, uni xayolga tortib, estetik zavq beradi. Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen, Vah, qachon yetkayman ul dilbanda men, Bevafolargʻa meni qilding asir, Sen manga sultonsan, ey dil, bandamen. Adabiyot nazariyasiga doir maxsus yaratilgan asarlarning (gap bizgacha yetib kelganlari ustida boradi) dyoyarli barchasi, asosan, poetika masalalariga bagʻishlangan. Umuman, adabiyot nazariyasi uchta mustaqil sohaga boʻlingan. Bular quyidagilar: 1) Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling