Savollar: Kredit foiz stavkalari xususidagi nazariy qarashlar
Download 64.04 Kb.
|
30 variant pul va banklar
– qurilish kreditlari;
– savdo kreditlari va h.k. Kreditlash ob’ektlariga ko‘ra kreditning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: – tovar-moddiy qimmatliklarni sotib olish uchun berilgan kreditlar; – ishlab chiqarish xarajatlarini moliyalashtirish uchun berilgan kreditlar (masalan, respublikamizda paxta va g‘allani etishtirish xarajatlari imtiyozli kreditlar hisobidan moliyalashtiriladi); – mijozlarning to‘lov aylanmasidagi uzilishni qoplash uchun berilgan kreditlar. Kreditning maqsadi yo‘nalishi va kredit munosbatlarida ishtirok etuvchi sub’ektlarga ko‘ra kreditning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: – sinditsiyali kreditlar; – ipoteka kreditlari; – xalqaro kreditlar. Sinditsiyali kredit deganda bitta ob’ektni yoni loyihani kreditlash uchun ikki yoki undan ortiq bank tomonildan berilgan kreditga aytiladi. Bosh bank bilan ishtirokchi banklar o‘rtasida Bosh bitim tuziladi va ushbu bitimga asosan bank sindikati tashkil etiladi. Zamonaviy kreditlash usullaridan foydalanish samaradorligi bevosita qo‘llanilayotgan to‘lovlarning ketma-ketligiga bog‘liq. Taraqqiy etgan mamlakatlar amaliyotida to‘lovlarning kalendar ketma-ketligi qo‘llaniladi. Bunda qaysi qarzdorlik oldin paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha birinchi bo‘lib to‘lanadi. Shu sababli, tijorat banklari kredit olgan mijozning pul oqimini aniq baholash imkoniga ega bo‘ladi. O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarining ko‘pchiligida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida to‘lovlarning maqsadli ketma-ketligi qo‘llaniladi. Bunda bank mijozining davlat byudjeti oldidagi qarzdorligini to‘lashga ustuvorlik beriladi. Ayrim hollarda, soliq inspeksiyalari kelgusi davrdagi soliq qarzdorligi bo‘yicha inkasso talabnomasi qo‘yadilar. Natijada, mijozning joriy davrdagi pul mablag‘lari oqimi zaiflashib, berilgan kreditni o‘z vaqtida undirish imkonini bermasligi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida lizing ob’ektini qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilmagunga qadar tijorat banklarining lizing kreditlariga foiz hisoblashning mumkin emasligi, Respublika valyuta birjasining konvertatsiya uchun tashlab berilgan kreditlarga konvertatsiya amalga oshirilgunga qadar foiz hisoblamasligi ssuda hisobraqamlaridan foydalanish jarayonida hisobga olinadigan muhim omillardan biri hisoblanadi. 3. Boshlang‘ich rivojlanish bosqichi natural xo‘jalikdan tovar xo‘jaligiga o‘tish bilan yuzaga kelgan. Ishlab chiqarish davrning o‘zaro mos kelmasligi, bir mahsulot egasi ikkinchi zarur mahsulotni olish uchun o‘z mahsulotini sotishga majbur bo‘ladi. Bunday jarayonda to‘lovlarning ikkinchi mahsulotni ishlab chiqarilgunga qadr kutishni talab qiladi. Ushbu jarayonda xaridor qarzdor bo‘lib, sotuvchi kreditor bo‘ilb yuzaga chiqadi. SHu bilan tovar ko‘rinishidagi kredit munosabatlari shakllana boshlangan. Ushbu rivojlanish bosqichining rivojlanishida sudxo‘rlik krediti muhim ahamiyat kasb etdi. Boy oilalar o‘z mahsulotlarini vaqtinchalik kreditga berib, evaziga shaxsning o‘zini garovga yoki er, mol-mulkini garovga olishgan. Bu bosqichning asosiy belgisi ssuda kapitali bozorida maxsus vositachilar faoliyat yuritmasdan, kredit munosabatlari, bo‘sh pul mablag‘lar egalari va qarz oluvchilar o‘rtasida bevosita amalga oshirigan. Bu erda kredit sudxo‘rlik kapitali sifatida namoyon bo‘ladi. Tarkibiy rivojlanish. Ushbu bosqichda boshqariladigan kredit munosabatlariga o‘tilgan. Kredit rivojlanishining ushbu bosqichi ssuda kapitali bozorida kredit-moliya tashkilotlari kabi maxsus ilk vositachilarning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Kreditga zaruriyat tug‘ilganda quyidagi manbalardagi bo‘sh mablag‘lardan kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin. asosiy fondlarni tiklash, kapital ta’mirlash uchun ajratiladigan eskirish sifatidagi pul mablag‘lari; tovarlarni sotish va yangi moddiy resurslarni sotib olish vaqtlarining bir biriga mos kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan bo‘sh pul mablag‘lari; Download 64.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling