Savollar: Kredit foiz stavkalari xususidagi nazariy qarashlar
Download 64.04 Kb.
|
30 variant pul va banklar
tovarlarni sotishdan tushgan tushum bilan ish haqini to‘lash vaqtlari orasida vaqtincha bo‘sh turib qolgan pul mablag‘lari;
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig‘iladigan va kapitallashtirish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha mablag‘lar; shaxsiy sektor daromadlari, jamg‘armalari va boshqa bo‘sh pul mablag‘lari. Kredit munosabatlari juda qadim zamonlarda vujudga kelgan. Dastlab natura shaklida (g‘alla, chorva va boshqalar) mulkdorlar tomonidan qarzga berish rasm bo‘la boshlagan. Keyinroq pul shaklida ham beriladigan bo‘ldi. Qarzga pul berishning dastlabki shakli sudxo‘rlik bo‘lib, u nihoyatda yuqori darajada foiz bilan qaytarilishi bilan kreditdan farq qiladi. Qadimgi Gretsiyada eramizgacha IV- asrda oyiga 42 %, yiliga 570 % gacha foiz to‘langani tarixiy manbalarda qayd etilgan. Sudxo‘rlik krediti nafaqat mayda ishlab chiqaruvchilarni, balki yirik quldorlarning xo‘jaliklariga ham putur etkazgan. Shuningdek, bu kreditning mavjudligi quldorlarning mavjud bo‘lishiga zid ijtimoiy hodisa edi. Sudxo‘rlikka qarshi, shuningdek, yana bir grek faylasufi Arastu ham o‘z fikrlarini aytib o‘tgan. U sudxo‘rlarni ishratxonalarni va o‘g‘ri, qaroqchi kazzoblar, kisavurlar qatoriga qo‘ygan. U aniq chegaralagan holda 2 xil xo‘jalik faoliyatini ajratadi: iqtisod va xrematistika. Xrematistika esa faoliyatning asosiy maqsadi ehtiyojdan ortib boylik orttirishga yo‘naltiriladi. Arastu buni 2 argument bilan asoslaydi: 1) bunday operatsiyalar narsalar tabiatiga qarshi bo‘lib,pulning o‘sishiga olib keladi, pul pulni yaratmaydi va foiz daromad keltirmaydi; 2) pulning asosiy va haqiqiy vazifasi-tovar almashinuvini ta’minlaydi. Sobiq ittifoq davriga qadar kreditning ikki asosiy nazariyasi shakllangan bo‘lib, ular naturalistik va kapital yaratuvchilik nazariyalaridir. Download 64.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling