24. [1,3 ball]
Сhig’atoy ulusi davrida aholidan davlat xazinasi uchun olingan oziq-ovqat solig’i qanday
nomlangan?
A) Qopchur B) Kalon C) Targ’u
D) Shulen
25. [1,3 ball]
Buxoro xonligida davlat muassasalari, qo’shin va xon xonadoni xarajatlarini qoplash uchun
to’lanadigan soliq qanday atalgan?
A) Zobitona
B) Ixrojot
C) Tanobona D) Dorug’ayi muzd
26. [2,2 ball]
Quyidagilar orasidan O’zbekiston SSRda 1945-1991-yillarda oralig’ida bunyod etilganlarini
aniqlang.
1) Toshkent qishloq xo’jaligi mashinasozligi zavodi; 2) Toshkent metropoliteni; 3) Bekobod
metallurgiya zavodining birinchi navbati; 4) “Tashselmash” zavodi; 5) Qo’ng’irot-Beynov temiryo’li;
6) Toshkent aviatsiya zavodi; 7) Toshkent traktor zavodi
A) 1, 2, 4, 7 B) 2, 3, 5, 6 C) 1, 3, 4, 6
D) 2, 4, 5, 7
27. [2,2 ball]
Quyidagi davlatlar tarixi bilan bog‘liq voqealar mos ravishda ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) Qadimgi Xorazm; 2) Qang‘ davlati 3) Davan davlati;
a) mil.avv. IV asrda Ahamoniylar davlatidan ajralib chiqib, mustaqil davlatga aylangan;
b) mil.avv. II asr oxirida qudratli davlat birlashmasiga aylangan; c) mil.avv. II-I asrlarda yuksak
taraqqiy etgan davlatga aylangan; d) hududidan Buyuk Ipak yo‘lining shimoliy tarmog‘i o‘tgan;
e) davlat poytaxti xitoyliklar tomonidan egallab olingan va aholining tovon to‘lashi evaziga uni
tashlab chiqishgan; f) mil.avv. I asrda va milodiy dastlabki asrlarda kumush va mis tangalar zarb
etilgan.
A) 1-b, c; 2-a, e; 3-d, f B) 1-b, c; 2-d, e; 3-a, f
C) 1-a, f; 2-b, d; 3-c, e
D) 1-a, f; 2-c, d; 3-b, e
28. [1,3 ball]
Qaysi Fransiya qiroli hukmronligi davrida papalarning qarorgohi Rimdan Fransiyaning janubi –
Avinon shahriga ko’chadi?
A) Filipp II B) Karl VII
C) Filipp IV
D) Lyudovik VI
29. [1,3 ball]
Dashti Qipchoq va Movarounnahrning XV asr o’rtalaridan XVI asr boshlarigacha bo’lgan davr
voqealarini o’z ichiga oladi. Shuningdek, shayboniylar bilan Eron safaviylari o’rtasidagi
munosabatlar haqida muhim ma’lumotlar beradigan asar va uning muallifini aniqlang.
A) “Abdullanoma”, Hofiz Tanish al-Buxoriy
B) “Shayboniynoma”, Kamoliddin Binoiy
C) “Xoqonga foydali maslahatlar”, Muhammad Sharif Buxoriy
D) “Shayboniynoma”, Muhammad Solih
Tarix fanidan milliy sertefikat uchun test topshiriqlari Qo’chqorov Farrux
Tuzuvchi: Qo’chqorov Farrux
Do'stlaringiz bilan baham: |