10. [2,2 ball]
Quyida berilgan ma’lumotlar qaysi tarixiy davlat haqida ekanligini aniqlang.
“Bu davlatga qadimda Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida yashagan qadimiy
turkiy qabilalardan biri asos solgan. Davlat VIII asr o‘rtalarida tashkil topgan. Poytaxti Chu
daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri edi. Davlat hukmdori “yabg‘u” yoki “jabg‘u” deb
yuritilgan”.
A) Qarluqlar
B) Qoraxoniylar C) Eftallar D) O’g’uzlar
11. [3,2 ball]
Ma’lumki, Abu Said Mirzo vafotidan so‘ng Movarounnahr uning o‘g‘illari hukmdor bo‘lgan
amalda uch mustaqil davlatga bo‘linib ketdi.
Abu Said Mirzoning o‘g‘illari hukmronlik qilgan hududlar mos ravishda ko‘rsatilgan javobni
belgilang.
1) Sulton Ahmad; 2) Umarshayx Mirzo; 3) Sulton Mahmud Mirzo.
a) Buxoro; b) Samarqand; c) Hisor; d) Farg‘ona; e) Xuttalon; f) Badaxshon; g) Toshkent.
A) 1-c, 2-f, 3-a, d, e B) 1- a, 2-b, 3-c, f, g
C) 1-b, 2-d, 3- c, e, f
D) 1-a, 2-f, 3-b, d, g
12. [1,3 ball]
Quyida berilgan ma’lumotlardan qaysi biri XVIII asr O’rta Osiyo davlatlari tarixi uchun xos?
A) Xiva xonligi taxtiga qo’ng’irotlar sulolasi kelishi
B) Ubaydullaxon tomonidan Buxoroda Mir Arab madrasasi qurdirilshi
C) Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilishi
D) Rossiyadan Buxoroga I.D. Xoxlov boshchiligida elchilar guruhi yuborilishi
13. [3,2 ball]
1924-yil 15-iyulda RKP (b) MK O’rta Osiyo byurosi yangi tashkil etiladigan milliy respublikalar va
oblastlarning muvaqqat byurosini tashkil etdi.
O’zbeklar byurosi tarkibiga quyidagi qaysi shaxslar kirganligini aniqlang.
1) Fayzulla Xo’jayev; 2) Sanjar Asfandiyorov; 3) Rustam Islomov; 4) Turor Risqulov; 5) Akmal
Ikromov; 6) Muxtorjon Saidjonov; 7) Qalandar Odinayev
A) 1, 3, 4, 7 B) 1, 2, 5, 6
C) 1, 3, 5, 6
D) 1, 2, 6, 7
Do'stlaringiz bilan baham: |