الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ الإسْلامَ دِينًا
oyati nozil bo‘lganda barcha sahobalar: "Dinimiz mukammal bo‘ldi",— deb xursandchilik qilishdi. Ammo Umar ibn Al-Xattob (r.a.): "Bu xabar xursandchilikka emas, musibatga, ya’ni, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ning vafotlariga ishora", — deb yig‘ladilar. Haqiqatan ham ushbu voqeadan so‘ng Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bor-yo‘g‘i 81 kun yashadilar. Yuqorida zikr etilgan voqea-hodisalar sahobai kiromlarning Qur’on oyatlarini turlicha fikr qilganliklari va o‘z iqtidorlariga muvofiq tushunganliklarini bildiradi.
Demak, sahobai kiromlar Alloh Ta’olo nozil qilgan oyatlarni o‘zlaricha tushunganlar, tushunmagan joylarini boshqa ulug‘roq sahobalardan so‘rab bilganlar yoki o‘z ehtiyojlariga muvofiq tushuntirib berish uchun Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ga murojaat qilib turganlar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oyatlarning hikmatlarini, ulardan hosil bo‘ladigan mafhumlarni bayon qilib berganlar.1. Ma’nosi mujmal oyatning ma’nosi ravshan oyat bilan sharhlanadi. Qur’oni Karimda bunday oyatlar juda ko‘p. Masalan: "G‘ofir" surasining 28-oyati:
وَإِنْ يَكُ صَادِقًا يُصِبْكُمْ بَعْضُ الَّذِي يَعِدُكُمْ
"Ammo agar u rostgo‘y bo‘lsa (u holda) sizlarga u(kofirlar uchun) va’da qilayotgan (azoblardan) ayrimlari yetib qoladiku!" (G‘ofir, 28) — dan chiqqan mujmal ma’no xuddi shu suraning 77-oyati (Keyingi oyatlarning tarjimasi A.Mansurniki)
فَإِمَّا نُرِيَنَّكَ بَعْضَ الَّذِي نَعِدُهُمْ أَوْ نَتَوَفَّيَنَّكَ فَإِلَيْنَا يُرْجَعُونَ
"Endi agar Biz sizga o‘sha (kofirlar)ga va’da qilayotganimiz (azob)dan ayrimlarini ko‘rsatsak( ya’ni siz hayotlik paytingizda ularni ayrim azob-uqubatlarga duchor qilsak, ko‘rarsiz yoki sizni(ularga azob tushirishimizdan ilgari) vafot topdirsak, u holda ham yolg‘iz O‘zimizga qaytarilurlar" — dan chiqqan oshkor ma’no bilan tafsir qilinadi va ravshanlashadi. (G‘ofir, 77)Mutlaq ma’noli oyatni muqayyad oyat bilan, umumiy ma’noli oyatni xususiy ma’noli oyat bilan tafsir qilinadi. Masalan: "Moida" surasining 6-oyatida, tahorat olish haqida shunday deyilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |