Sayyid muhyiddin maxdum


أَوْ يَكُونَ لَكَ بَيْتٌ مِنْ ذَهَبٍ


Download 112.4 Kb.
bet14/23
Sana18.06.2023
Hajmi112.4 Kb.
#1569745
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
- 1. Otabek diplom ishi

أَوْ يَكُونَ لَكَ بَيْتٌ مِنْ ذَهَبٍ
deb qiroat qilganlar. Boshqa mashhur qiroatlarda esa:
أَوْ يَكُونَ لَكَ بَيْتٌ مِنْ زُخْرُفٍ
deb o‘qilgan. Ammo ikki oyatdagi "zahab" va "zuxruf" so‘zlari bir ma’noda, ya’ni "oltin" dir. Yoki lafzi ham ma’nosi ham boshqa-boshqa bo‘lishi mumkin. Masalan, "Jum’a" surasining 9-oyatini mashhur qiroatda:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا نُودِيَ لِلصَّلاةِ مِنْ يَوْمِ الْجُمُعَةِ فَاسْعَوْا إِلَى ذِكْرِ اللَّهِ وَذَرُوا الْبَيْعَ ذَلِكُمْ خَيْرٌ لَكُمْ إِنْ كُنْتُمْ تَعْلَمُونَ
"Ey mo‘minlar, agar Jum’a kuni namozga azon aytilsa, Allohning zikriga (jum’a nomoziga) shoshilinglar", — deb o‘qilgan. Ikkinchi bir qiroatda "fas’av" ning o‘rniga "famzu" (kelinglar)lafzi o‘qilgan. Demak, ikki xitobning lafzi ham, ma’nosi ham boshqa-boshqa bo‘lib, ikkinchisi avvalgisini tafsir qilib beradi. Demak, namozga shoshilib emas, osoyishta yurib kelish kerak.b) Qur’onni hadis bilan tafsir qilish.
Sahobai kiromlar Qur’oni Karimni tafsir qilishda biror muammoga duch kelsalar, darhol Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ga murojaat qilar edilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oyatlarning maxfiy, nozik joylarini tushuntirib berardilar. Chunki u Zotning asosiy vazifalari shu edi. Alloh Ta’olo oyati karimasida shunday degan:
وَأَنْزَلْنَا إِلَيْكَ الذِّكْرَ لِتُبَيِّنَ لِلنَّاسِ مَا نُزِّلَ إِلَيْهِمْ وَلَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ
"Sizga odamlarga nozil qilgan narsalarni( ya’ni, shariat ahkomlarini) bayon qilib berishingiz uchun va shoyad tafakkur qilsalar, deb bu eslatmani — Qur’onni nozil qildik".13
Shuningdek, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning o‘zlari ham:
"Ogoh bo‘linglarki, Men Qur’onni berildim va yana uning mislicha (ilm) berildim. Qorni to‘q odam o‘z so‘risida suyanib yotganicha: "Qur’onni mahkam ushlasangiz bo‘ldi (unda hamma narsa bor), Qur’onda topilgan halolni halol denglar, Qur’onda topilgan haromni harom denglar", — deya oladimi?" — deb halol-harom masalalarida, ularni sharhlashda Qur’onning o‘zi kifoya qilmasligini tushuntirdilar.
Hadis kitoblarining hammasida ham Qur’on oyatlarining tafsiri uchun alohida bob ajratilgan. Unda Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan ko‘plab oyatlarga sharhlar, izohlar berganlari naql qilingan. Masalan:
Adiy ibn Habbon rivoyat qiladi: "Payg‘ambar (s.a.v.) dedilar: "Albatta, "Al-mag‘zubi alayhim"dan murod yahudiylardir va "Azzolliyn"dan murod nasroniylardir".( Ahmad va At-Termiziy rivoyati.)
Ibn Mas’ud (r.a.) rivoyat qiladi: "Rosululloh (s.a.v.): "As-solatul-vusto asr namozidir" — dedilar. (At-Termiziy va Ibn Habbon sahihida)
Ibn Mas’ud (r.a.) rivoyat qiladi: "Qur’oni Karimning ushbu
"Bir Zotlarki Allohga imon keltirsalar va imonlariga zulmni aralashtirmasalar" — oyati nozil bo‘lganda musulmonlarga qattiq tuyuldi. Ular Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga: "Ey Allohning rasuli, qaysi birimiz nafsimizga zulm qilmaymiz?" — dedilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Bu oyatning mazmuni sizlar o‘ylagancha emas. Allohning solih bandasi (Hazrat Luqmon): "Albatta Allohga shirk keltirish ulug‘ zulmdir", — deganini eshitmaganmisizlar? Bu yerdagi zulmdan murod ham shirqdir", — deb javob berdilar".( Buxoriy, Muslim, Ahmad.)
Uqba ibn Omir (r.a.) aytadi: "Men eshitdimki, bir kuni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) minbarda

Download 112.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling