فَكَيْفَ إِذَا جِئْنَا مِنْ كُلِّ أُمَّةٍ بِشَهِيدٍ وَجِئْنَا بِكَ عَلَى هَؤُلاءِ شَهِيدًا
"Ey Muhammad, biz har bir ummatdan guvoh keltirganimizda va Sizni ana ularga qarshi guvoh qilganimizda ularning holi ne kechur?" 12
deyilgan oyatga kelganimda Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ikki ko‘zlaridan yosh quyildi".
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytar edilarki: "Qur’oni Karim qanday nozil etilgan bo‘lsa, nami ketmagan holda o‘shanday ohang bilan o‘qishni kim yoqtirsa, Ibn Ummi Abd qiroati bilan o‘qisin".
Masruq ibn Al-Ajda’ Al-Hamadoniy (Ibn Mas’udning shogirdlari)(r.a.) aytadilar: "Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ashoblarining ilmi olti kishida to‘xtadi. Ular Hazrat Umar, Hazrat Ali, Abdulloh ibn Mas’ud, Ubay ibn Ka’b, Abud-Dardo va Zayd ibn Sobitdirlar. Bu olti kishining ilmi esa Ali bilan Abdulloh ibn Mas’udda qoldi".Ibn Mas’uddan rivoyat qilish yo‘llari bir nechta bo‘lib, ularning eng maqbullari to‘rttadir:
1. Al-A’mash Abuz-zuho Masruq Ibn Mas’ud.
2. Mujohid Abu Muammar Ibn Mas’ud.
3. Al-A’mash Abu Voil Ibn Mas’ud.
4. As-Sadiy Al-Kabir Murra Al-Hamadoniy Ibn Mas’ud.
Bu to‘rt yo‘lning avvalgi uchtasidan foydalanib, Imom Al-Buxoriy o‘z sahihida, to‘rtinchi yo‘l bilan esa Al-Hokim "Mustadrak" nomli kitobida Ibn Mas’uddan rivoyatlar keltirgan.
II. QUR’ONI KARIMNI TAFSIR QILISH QOIDALARI
2.1. Sahobalarning tafsir qilish usullari
Islomning dastlabki asrida sahobalar Qur’onning tafsirida to‘rt usuldan foydalanganlar:
a) Qur’onni Qur’on bilan tafsir qilish
Qur’on oyatlariga nazar tashlansa, ular orasida qisqa yoki uzun, mujmal yoki ochiq, mutlaq yoki muqayyad, umumiy yoki xususiy ma’noli oyatlar uchraydi. Bir xil mazmunli oyat bir joyda qisqagina kelsa, boshqa bir joyda kengroq, bir joyda mujmal ma’noli kelsa, boshqa bir joyda mufassal keladi.
Masalan: Odam va Iblis qissasi, Muso alyhissalom (a.s.) va Fir’avn qissasi haqidagi oyatlar shular jumlasidandir. Shuning uchun Qur’on tafsiriga kirishmoqchi bo‘lgan kishi avval hamma oyatlarni ko‘rib chiqib, bir xil mazmunli oyatlarni jamlab, birini ikkinchisiga taqqoslaydi va shu yo‘l bilan oyat mazmunining yaqqol ochilishiga olib keladi. Bu usulni Qur’onni Qur’on bilan tafsir qilish deyiladi. Tafsirning bu usuli bir necha ko‘rinishda bo‘ladi:
Qayd etilgan
Makkaning Arafot vodiysida "Moida" surasining 3-oyatidan
Do'stlaringiz bilan baham: |