Sayyid muhyiddin maxdum
وَكُلُوا وَاشْرَبُوا حَتَّى يَتَبَيَّنَ لَكُمُ الْخَيْطُ الأبْيَضُ مِنَ الْخَيْطِ الأسْوَدِ مِنَ الْفَجْرِ
Download 112.4 Kb.
|
- 1. Otabek diplom ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- وَفَاكِهَةً وَأَبًّا
وَكُلُوا وَاشْرَبُوا حَتَّى يَتَبَيَّنَ لَكُمُ الْخَيْطُ الأبْيَضُ مِنَ الْخَيْطِ الأسْوَدِ مِنَ الْفَجْرِ
oyati karimasi nozil bo‘lganda, sahobalardan Adiy ibn Hotam nomli kishi tunda oq va qora rangli iplarni olib, unga tikilib o‘tirgan. Subhdan keyin ham iplarning rangini ajratolmagan. Tongda Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning huzurlariga kelib voqeani bayon qilganda, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uning farosati kamligini aytib, oyatdan ko‘zlangan murod nima ekanligini tushuntirganlar7.To‘g‘ri, Qur’on arab tilida nozil bo‘lgani uchun uning zohiriy ma’nolarini sahobai kiromlar ham tushunganlar. Ammo mufassal botiniy ma’nolarini faqat arab tilini bilish bilan anglash mumkin emas. Uni anglash uchun munozaralar, bahslar, hatto ba’zi mushkulotlarni tushunishda Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga murojaatlar qilganlar. Agar yanada kengroq tushuntiradigan bo‘lsak, Qur’oni Karim ma’nolarini tushunishda sahobai kiromlarning fikrlash darajalari ham, o‘z tillari hikmatlarini ajrata bilish qobiliyatlari ham, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan mulozamatda bo‘lib, oyatlarning sababi nuzulini idrok qilish muddatlari ham turlicha bo‘lgan. Buning ustiga sahobalarning hammalari ham olimlar emas, johiliyat davrining "ummiy" tijoratchilari ekanligini, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) singari ularga Qur’on ilmini o‘rgatishni Alloh o‘z zimmasiga olmaganini nazarda tutsak, ularning barchasi ham Qur’on ma’nolarini to‘liq tushunmaganlariga amin bo‘lamiz. Ibn Qutayba bu haqda shunday deydi: "Sahobalar g‘arib kalimalar, mutashobih oyatlarning ma’nolarini mukammal bilmaganlar, balki ularning orasida birbirlaridan fazilatda, fahmu-farosatda ortiqroklari bo‘lgan"8. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Hazrat Umar ibn Xattob (r.a.) minbarda وَفَاكِهَةً وَأَبًّا "va fakihatan va abban" oyatini qiroat qilib, shunday dedilar: "Fokiha" so‘zi "mevalar" deganidir, uni bilamiz, ammo "abban" so‘zidan murod nima ekan?". Keyin o‘zlarini o‘nglab: "Ey Umar, axir bu o‘zini mashaqqatga solish-ku?" (Abasa, 31) — dedilar. Yana bir kun minbarda: "av ya’xuzahum ala taxavvuf" oyatini qiroat qildilar va o‘tirganlardan: "taxavvufning ma’nosi nima?" ,— deb so‘radilar. Bir odam: "taxavvufning ma’nosi tanaqqus (ayblash)", — deb javob berdi.( Al-Itqon. 2-j, 113-b)Umar ibn Xattob (r.a.) xalifalik davrlarida Qudoma ibn Maz’unni Bahraynga amir qilib yubordilar. Uning oldidan Hazrat Umar (r.a.) huzurlariga kelgan Jorud shikoyat qilib: "Qudoma ichib mast bo‘ldi", — dedi. Hazrat Umar (r.a.) Qudomani chaqirtirdilar va unga: "Ey Qudoma, sen ichib mast bo‘libsan, senga darra uraman", — dedilar. Qudoma bu gapga javoban: "Agar men haqiqatan ichgan bo‘lsam ham, siz menga darra urolmaysiz. Chunki Alloh Kalomi sharifda: لَيْسَ عَلَى الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ جُنَاحٌ فِيمَا طَعِمُوا إِذَا مَا اتَّقَوْاوَآمَنُواوَعَمِلُواالصَّالِحَاتِ ثُمَّ اتَّقَوْا وَآمَنُوا ثُمَّ اتَّقَوْا وَأَحْسَنُوا وَاللَّهُ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ "Ey Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar uchun — agar harom narsalardan saqlanib, imon va yaxshi amallarida sobit bo‘lsalar, so‘ngra o‘zlarini saqlab (u narsalarning haromligiga) imon keltirsalar, so‘ngra Allohdan qo‘rqib, chiroyli amallar qilsalar — yeb-ichgan narsalarida gunoh yo‘qdur"9— degan. Men o‘sha aytilgan mo‘minlardan bo‘laman. Men Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan Badrda, Uhudda, Xandaqda va boshqa g‘azotlarda birga bo‘lganman", — dedi. Shu yerda hozir bo‘lgan Ibn Abbos: "Ey Qudoma, bu oyati karima avval gunoh qilganlar haqida nozil bo‘lgan. Keyingilariga esa ochiq hujjatdir", — dedilar. Keyin mast qiluvchi ichimliklarning harom qilinganligi haqidagi (Moida, 3) oyatni eslatdilar. Download 112.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling